Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Download 0.79 Mb.
bet13/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

2.3-asosiy savolning bayoni:

XX asrga kelib, she’rni tahlil qilish, tushunish borasida g’ayriilmiy yo’nalish paydo bo’ldi. Uni sotsiologik oqim deyishdi. Bu oqimda she’r badiiy-estetik yo’sinda emas, balki ijtimoiy-g’oyaviylik asnoda o’rganildi. Hatto she’rdagi texnik xatolar ham ijtimoiy jihatdan baholanadigan bo’ldi.


XX asrning 20-yillariga kelib, she’r ritmi, vazni, qofiyasi va pafosida o’zgarish sodir bo’ldi. Uni sotsiologik oqim nuqtai nazaridan o’rganish va baholash hukmron tus oldi.
She’rdagi vazn, ritmik va badiiy nuqsonlar ham g’oyaviylik mezonda baholandi. Usmon Nosirning Pushkin asarlari tarjimasida mahoratsizlikka yo’l qo’yilgan o’rin g’oyaviy-siyosiy nuqsonga yo’yildi.
Cho’lponning «Buzilgan o’lkaga» she’ri aksilinqilobiy ruhda baholandi. Cho’lpon bilan bir qatorda Fitrat she’riyatidan ham faqat «siyosiy g’alizlik» izlandi. Oqibat she’riyat ijtimoiy publitsistik tamoyil olib, siyosatlashgan nazmiyot keng tomir otdi.
H.Olimjonning bir qator she’rlari prof.A.Sa’diy tomonidan «biologizm»da ayblanib, tanqid qilindi. H.Olimjonning o’zi esa sotsiologik oqimga berilib, Fitrat ijodini g’oyaviy-siyosiy jihatdan bir tomonlama baholadi. Sotsiologik tahlilning zararli oqibati haqida Oybek qator ilmiy maqolalarini yozdi. Bu borada adabiyotshunoslikda ko’plab ilmiy maqolalar e’lon qilindi.

Muhokama uchun savollar:


1. Cho’lponning istiqlolga bag’ishlangan she’rlarini sotsiologik oqimda baholashning tub zararli mohiyati nimada?
2. Siyosatlashgan she’rni bugungi kunda qanday baholanishini ma’qul ko’rasiz?

Adabiyotlar: 8 (25-32), 11 (181-191), 50 (3-7).


3- mavzu: Poetik nutq

Asosiy savollar:
3.1. Nazmiy nutq va uning tasnifi.
3.2. Nazmiy nutqning o’ziga xos xususiyatlari.
3.3. Nazmiy nutqni uyushtiruvchi unsurlar.


Tayanch tushuncha va iboralar:
Badiiy nutq, poetik nutq, og’zaki (tovush), yozma nutq (harfiy nutq), tashqi va ichki nutq, poetik nutqning to’rt unsuri.
Mavzuga oid muammolar:
So’z obrazmi yoki semantiklashgan so’z obrazga aylanadimi, bunga munosabatingiz? So’zning atamalik va timsollik xususiyati borasida hali aniqlanishi lozim bo’lgan muammolar bor, deb o’ylaysizmi?



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling