Muhokama uchun savollar:
5.1 Nima sababdan ritmda o’zgarishlar bo’ldi?
5.2 Notekis harakatli ritmni tasniflang.
5.2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Oddiy notekis harakatli ritmning paydo bo’lishi va o’ziga xosligini talabalarga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
5.2.1 Oddiy notekis harakatli ritmni barmoq vazni bilan bog’lab so’zlay oladi.
5.2.2 Bo’g’in, turoq, qofiyadagi turg’unsizlikni ayta oladi.
5.2.3 Oddiy notekis harakatli ritm erkin vaznga borib taqalishini tushunadi.
5.2-asosiy savolning bayoni:
Oddiy notekis harakatli ritm notekis harakatli ritmning mahsulidir. U aslida erkin vaznning bag’ridan o’sib chiqqan. Erkin vaznda bo’g’in tengligi, turoqning me’yoriyligi va vaznda barobarlik bo’lmaydi. Bular esa oddiy notekis harakatli ritmning yuzaga kelishiga asosdir. Notekis harakatli ritm poetik fikrning shiddatliligi, jo’shqinligi va keskinligini ta’minlaydi. Barmoqning unsurlari to’liq bo’lmasada saqlanadi. Ritm, vazn, band, qofiya va zarbda o’zgarish sodir bo’ladi. Bo’g’inda notekislik, qofiya ohangdorligida to’liqsizlik vujudga keladi.
To’qqiz bo’g’in ettiga, etti bo’g’in beshga, besh bo’g’in uch bo’g’inga tushishi qonuniy holdir. «Turksib yo’llarida», «Sen etim emassan» she’rlari bunga yaqqol misoldir.
Barmoq va erkin vazn bag’ridan o’sib chiqqan oddiy notekis harakatli ritm ma’no salmoqdorligi va pafos jarangdorligi uchun xizmat qiladi.
Bu she’riy ritmda Maqsud Shayxzoda shuhrat qozongan. Hozirgi zamon yoshlar ijodida ham o’rin olgan.
Muhokama uchun savollar:
5.1.Qanday ritmga oddiy notekis harkatli ritm deyiladi?
5.2.Bu nav’ ritmda she’rning qaysi unsurlarida o’zgarish sodir bo’ladi?
5.3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
O’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm xususiyatlarini talabalarga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
5.3.1. O’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm xususiyatini ocha biladi.
5.3.2. Bu ko’rinishdagi ritmning ildizlarini tushunadi.
5.3.3. Mazkur ritmning mohiyatini biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |