Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi


Download 0.79 Mb.
bet18/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

4.1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Boshqa unsurlar qatori ritm she’r badiiyatini uyushtiruvchi vosita ekanligini talabalarga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
4.1 Ritm she’r unsurlarining asosi ekanini anglab oladi.
4.2 Ritm voqelik va uning ifodasiga ko’ra o’zgarishga uchrashini ayta oladi.
4.3 Tekis va notekis harakatli ritmni farqlay biladi.


4.1-asosiy savolning bayoni:
Ritm – she’r badiiyati bilan aloqador unsur. Ritmga bo’g’in, turoq, vazn va ularning ko’rinishlari, qofiya, radif va ularning turlari asosdir. Keltirilgan unsurlar shunchaki takrorlanishidan emas, balki muayyan va tizimli qaytalanishidan hosil bo’lgan musiqiylik asosida ifodalik yuzaga keladi. Ritm o’zicha hech qanday ma’noga ega emas. U boshqa poetik unsurlar bilan aloqada ma’no kasb etadi. U she’rning poetik jarang va pafosini ta’minlaydi. Pafos esa badiiyatning «qaymog’i». Shu ma’noda ritm davr va uning voqeligi bilan chambarchas bog’liq.
70-80-yillar she’riyati ritmida tekis harakat o’rniga notekis harakatli ritm paydo bo’la boshladi. Bunga davrdagi fikriy keskinlik, isyonkorlik va shiddatlilik jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Voqelikdagi to’lqin ritm harakati va uning jarangida ham o’zgarish yasadi. Ana shu holatning o’zi ritmning she’r badiiyati bilan aloqadorligini ko’rsatadi. Ayonlashadiki, ritmda ham davr ruhi va muhri yotar ekan.
Ritmning uch xususiyati ustuvordir: 1.Me’yorga asoslanishi. 2.Takroriylik; 3. Uni faqat eshitib his qilish.
Ritm – she’rning «jaranggi» (Bualo), «dard» – pafos (Navoiy), «kuchi» (Fitrat).
Muhokama uchun savollar:
4.1 70-80-yillar she’riyatida qanday sababga ko’ra ritmda o’zgarish bo’ldi?
4.2 Ritmga ta’rif bering va unga hayotiy misollar keltiring.


4.2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Ritmning turlari va uning o’ziga xos xususiyatlarini talabalar bilimiga ko’chirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
4.1 Zarb ritmni tushuntiradi.
4.2 Tovushdoshlik ritmni misollar vositasida ayta oladi.
4.3 Obrazlilik ritmni tushuntirib beradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling