Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Download 0.79 Mb.
bet19/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

4.2-asosiy savolning bayoni:
Ritmning konkret ko’rinishlari Tomashevskiy, Kojinov, Bluxatov tomonidan tasniflangan. Shundan Bluxatov tasnifiga tayanish mumkin.

  1. Zarb ritmi. 2. Obrazlilik ritmi. 3. Tovushdoshlik ritmi. 4. Bayt va band ritmi.

Ritm – she’rning «joni». Ritm ohang, musiqiylik, jarangdorlikka asoslanadi. Jarangdorlik poetik ma’noni yuzaga chiqaradi, harakatga keltiradi, bu ritmning obrazlilikka daxldor tomoni.
Hozirgi she’r ilmida ritm atamasi o’rniga zarb, marom so’zlari qo’llanilmoqda. Zarb bir marta urish ma’nosini beradi. U ritm atamasi ifodalagan mazmunni anglatmaydi. Zarb takrorlanmaydi. Ritm esa bir me’yorda takrorlanishni talab qiladi.
Marom so’zi me’yor, bir xil o’lchov ma’nolarini anglatadi, o’z-o’zidan ayonki, maromda ham takrorlanish yo’q. Zarb va marom she’rda mustaqil vazifa bajaradi. Ularning vazifasi ritmni to’ldirish. Ritmik zarbning xususiyatlari: 1. Ritmning doimiy unsuri. 2.His-hayajon tug’diradi; 3. Mantiqiy urg’u oladi.
Abdulla Oripovning «Karvon o’tadi» she’ri bunga misol bo’la oladi.
Muhokama uchun savollar:
4.1 Ritm ko’rinishlarini sanang.
4.2 Zarb va marom atamalariga aniqlama bering.


4.3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Tafsil, timsol va obrazning mushtarak hamda nomushtarak tomonlarini talabalar bilimiga ko’chirish.

Identiv o’quv maqsadlari:


4.1 Tafsil va timsolning ma’nolarini ayta oladi.
4.2 Timsol va obrazning mushtarak jihatlarini idrok qiladi.
4.3 Tafsil va obrazning muvozanatini tasavvur etadi.


4.3-asosiy savolning bayoni:
Ilmiy manbalarda obraz bilan timsol o’rtasiga tenglik alomati qo’yish holatlari mavjud, yoki obraz atamasi o’rniga timsol so’zini qo’llash an’anaga aylanmoqda. Timsol so’zini nasrda obraz atamasi bilan teng ishlatish mumkin. Ammo nazmda timsol va obraz – alohida-alohida vazifaga ega.
Badiiy timsol she’rda obrazning dastlabki zamini vazifasini o’taydi, boshqacha aytganda, badiiy obrazning tagkursisi.
She’rda avval tafsil (detal), keyin timsol, undan so’ng obraz shakllanadi. Ular bir-birini to’ldiradi.
Poetik obraz tafsil va timsol o’rnini bosa oladi. Ammo tafsil va timsol poetik obraz darajasiga erisha olmasligi mumkin. Rauf Parfining daraxtga oid uchligidagi daraxt tafsildan timsolga, timsoldan obrazga o’sib chiqqan. Obraz, timsol va tafsilning o’zaro hamkorligi she’rning pafosini to’liq ta’minlay olmaydi. Buning uchun ritmik ohang, jarang va musiqiylik shart. Ritm she’rning sehrli ruh olishida etakchilik qiladi. Shu ma’noda ritm – she’riy ifodalilik va obrazlilikka asos.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling