Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R
Download 0.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhokama uchun savollar
- Kerakli jihozlar
5.3-asosiy savolning bayoni:
O’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm oddiy notekis harakatli ritm bag’ridan o’sib chiqqan. Oddiy notekis harakatli ritm uchun misralardagi qofiya va bo’g’inlar xilma-xilligi e’tiborga olinadi. Unda satrlarning uzun-qisqaligi, bo’g’in notengligi – bosh omil. Har ikkisi bir-biriga o’xshaydi. Farqi shundaki, oddiy notekis harakatli ritm uchun o’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm unsurlari shart emas. Jo’shqinlik, shiddatlilik, fikr tug’yoni o’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritmni talab qiladi. Usmon Azim she’rlaridan bunga ko’plab misollar keltirish mumkin. Hayotda shunday voqealar ham bo’ladiki, unga bir maromdagi ritm torlik qiladi. U bir ritmdan ikkinchi ritmga o’tib turishni talab qiladi. Aslida bu lirik qahramon ruhiyatiga juda bog’liq. Lirik qahramon ruhiy olami ko’pincha poetik timsol va obrazlarda berilishi mumtoz hamda zamonaviy she’riyatdan ayon. Ammo lirik qahramon ruhiy dunyosi o’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritmda ham ifodalinishi ko’p sonli misollardan ayonlashadi. Misol: Vijdonsiz shoirlar ko’paygan juda, Yurakni so’z bilan yondiruvchi kam, Xalqimas, Shuhratni o’ylab so’ylagan. Axmoqqa bermayman qarsagimni ham. «Xalqimas» so’zida ritmik zarb yuzaga qalqib chiqqan. Muhokama uchun savollar: 5.3.1. O’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm xususiyatini ayting. 5.3.2. Qanday voqealar o’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritmni talab qiladi? Adabiyotlar: 2 (196-205), 7 (15-30), 8 (289-294), 50 (38-46). 4-amaliy mashg’ulot: Ritm nazariyasi Darsning maqsadi: She’r ritmini matn vositasida talabalarning bilimiga ko’chirish. Identiv o’quv maqsadlari: 5.1. Ritmning ta’rifi va xususiyatlarini anglay oladi. 5.2. Tekis va notekis harakatli ritmni farqlaydi. 5.3. Notekis harakatli ritm ko’rinishlarini tahlil qila oladi. Kerakli jihozlar: Qodir Mahsumov, Tuyg’unoy Yunusxo’jaeva o’qigan g’azallar ohangini magnitafon orqali eshittirish. U.To’ychievning «O’zbek sovet poeziyasida barmoq sistemasi» (-T., 1966) va D.Rajabovning «Badiiy obraz va ritm tabiati» (Buxoro, 2002) kitoblar asosida ishlash. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling