6.3- asosiy savolning bayoni:
Nazmda so’z mantiqga asoslanadi. Poetik mantiq – bosh mezon. Mantiqsizday tuyulgan fikr poetik tasvir doirasida kuchli mantiqlanadi.
Ishqing tog’lar aro go’zal ohudur,
Otsam-dilporaman, otmasam dilxun. (A.Oripov)
Baytdagi so’zlar vositasida anglashilgan fikr bunday qarasangiz mantiqsizday ko’rinadi. Ammo poetiklashganda mantiq kuchini ko’rsatadi. Ishq - tog’ ohusiga qiyos. Undan poetik ma’noni tushurib qoldirsangiz mantiqsizlik shundaygina seziladi. Unga shartli, ramziy, mumtoz she’riyat timsollari nuqtai nazaridan yondashilgan sari poetik mantiqdan ogoh bo’lamiz. Chunki ishq tutqich bermas-orzu, maqsad. Tog’ ohusi ham shuning kabidir.
Ikkinchi bayt ham poetik mantiqqa asoslangan. Otsa ko’ngli yaralanadi, otmasa ko’ngli buziladi. Otsa ishq – ohu jarohatlanadi. Poetik mantiq nihoyatda kuchli chiqqan. U mumtoz she’riyatda ham bahsu munozaraning muhim manbai bo’lgan. Adabiy anjumanda Lutfiy, Navoiy va Husayn Boyqarolarning Amir Xusrav Dehlaviyning tashbehi borasidagi bahslari bunga yaqqol misoldir.
Muhokama uchun savollar:
6.3.1. So’z mantiqi va poetik mantiqqa tushuncha bering
6.3.2. A.Oripov baytidagi poetik mantiqni izohlang.
Adabiyotlar: 2(156-208), 8 (195-207), 50 (8-16).
7-mavzu: Uslubiy vositalar
Asosiy savollar:
7.1. Uslubiy vositalarning tasvirdagi o’rni va tasnifi.
7.2. Sodda ko’chimlar.
7.3. Murakkab ko’chimlar.
Tayanch tushuncha va iboralar:
Uslubiy vosita, sodda ko’chimlar – sifatlash, tashbeh; murakkab ko’chimlar – istiora, tashxis.
Mavzuga oid muammolar:
7.1. Uslubiy vositalarni evropacha atamalar bilan nomlash hamon hukm surmoqda, ularni sharq atamasi bilan atashga sizning munosabatingiz?
7.1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Uslubiy vositalar va uning sodda hamda murakkab turlari borasida talabalarda bilim hosil qildirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
7.1.1. Uslubiy vositalarning poetik tasvirdagi mavqeini idrok etadi.
7.1.2. Sodda ko’chimning o’ziga xosligini anglaydi.
7.1.3. Murakkab ko’chimning o’ziga xos sirlarini biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |