Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R
Download 0.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2- asosiy savolning bayoni
- Muhokama uchun savollar
Muhokama uchun savollar:
9.1.1. Nazmiy asar tahlil turlarini sanang. 9.1.2. Nazmiy asar tahlilining ilmiy va ta’limiy ko’rinish(lar)ini gapirib bering. 9.2 – asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Nazmiy asar tahlili mezoni unsurlari haqida talabalarda tushuncha hosil qildirish. Identiv o’quv maqsadlari: 9.2.1. Nazmiy asar tahlili mezonlarini tasniflay oladi. 9.2.2. Nazmiy asar tahlili mezonlaridan biri lirik qahramon haqida to’liq tasavvur paydo qiladi. 9.2.3. Nazmiy asar tahlili mezoni - an’ana va nuktasanjlik borasida tushunchaga ega bo’ladi. 9.2- asosiy savolning bayoni: She’rshunoslikda nazmiy asar tahlili mezoni unsurlari quyidagicha (albatta nisbiy) belgilangan: a) she’r mavzusi; b) g’oyaviy yo’nalishi; v) falsafiy asoslari; g) lirik qahramon; d) an’ana va nuktasanjlik; e) badiiy xususiyatlari; j) zamonaviyligi; z) she’riyat taraqqiyotidagi o’rni. Agar bordiyu tahlilga tortilayotgan she’r yoki g’azalning yozilish tarixi aniq bo’lsa, tahlilni ana shundan boshlash ma’qul. Bunga Boburning «Qoldimu?» radifli g’azali yaqqol misoldir. Mazkur g’azalning bosh va yordamchi mavzulari ham bor. Gardun va falakdan ozorlanish, nihoyat bu dunyoning safosi qolmaganidan u dunyoni istab qolish kabi ilova fikr-mavzu ohanglari ishq otashida yonib, omadi kelmagan oshiq ruhiyatini chizishda qo’l kelgan. Inson va dunyo muammolari shoir g’azalining falsafiy asosini tashkil qilgan. Falak, charx, dahr, gardun kabi falsafiy timsollar shoir dunyoqarashini ifodalaydi. Oshiqning omadsizligi, ma’shuqaning jabru jafolari dunyo muammolari bilan bog’lanib ketganini shoir chuqur iztiroblarga berilib kuylaydi. Shulardan g’azalning g’oyaviy yo’nalishi ham anglashiladi. Ishqda ahdu vafo va sadoqat g’azalning g’oyaviy yo’nalishidir. Zikrimizdagi g’azalda Bobur falsafasi bilan sharq falsafasi qorishib ketgan. G’azalda mavzu, tasviriy vositalar, janr, vazn va badiiy san’atlar an’anaviyligi saqlangan. Shu bilan birga u Navoiyning «Soqiyo, men yutmag’on xunobu hijron qoldimu?» g’azaliga tatabbu’ tarzda yaratilgan. G’azaldagi ohoriy poetik timsollar uning an’anaviy va nuktasanjlik jihatini ta’minlagan. Muhokama uchun savollar: 9.2.1. Nazmiy asar tahlili mezonlarini tasniflang. 9.2.2. Boburning «Qoldimu?» g’azalining mavzusi, falsafiy g’oyasi, an’ana va nuktasanjligini tushuntiring. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling