Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi


Download 0.79 Mb.
bet31/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

8.3- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Poetik sintaksisning tardi aks, tasbe, tasdir, mukarrar, takror, aks, qaytariq kabi ko’rinishlari haqida talabalar tasavvurini boyitish.
Identiv o’quv maqsadlari:
8.3.1. Poetik nutqda (gap) so’zlarning o’rin almashib kelish vositasida yuzaga kelgan tasbe’, tasdir, aks san’atlarini tasavvur qiladi va amaliyotda qo’llay oladi.
8.3.2. Nazmiy nutq (gap)da takrorlashga asoslangan mukarrar va takror san’atlarni tushunadi.
8.3.3. Aks va qaytariq san’atlarni tahlil qiladi.


8.3-asosiy savolning bayoni:
G’arb donishmandlaridan biri she’r eshitish va ko’rishga mo’ljallangan poetik nutqdir, degan edi. Shu ma’noda poetik nutqda shunday she’riy san’atlar mavjudki, uning ko’rinishi alohida manzarani tashkil qiladi. Uning bir turi qaytariqdir. So’z va jumla qaytariqlarining aslida misra yoki band ohangdorligi va fikriy ta’kidni hosil qilishda xizmati alohidadir.
Takror va qaytariq san’atlari misralarning mutanosibligi, fikriy tanosib va til jozibadorligini ta’min etadi. Joziba va ohang esa ifodalilikka ta’sir qiladi.
Ko’zing ne balo qaro bo’libtur,
Kim jonga qaro balo bo’libtur.
Shoir Mirzabekning ushbu baytida «balo qaro» birikmasi ajoyib xushohanglikni uyushtirmoqda. Ma’no tarovatida ham nafislik bor.
Tasbe’da misra oxiridagi so’z ikkinchi misraning boshlanishi, tasdirda misra boshidagi so’z ikkinchi misra so’nggi bo’lib keladi.
Onajonim, bunday qilma
Bunday qilma, onajon!
Baytda iltijo yanada kuchaytirilgan.
Mukarrarda bir so’z yonma-yon takrorlanib, chiziqcha bilan yoziladi. Takrorda esa bir so’z shundayicha takrorlanadi.
Aks san’ati zamonaviy she’rshunoslikda krest shakl, deb ham yuritilgan. Unda misra turog’ining o’rni almashilib, qaytalanadi. Qaytariqda esa bir so’z yoki jumla misraning o’zida takrorlanadi:
Yuraging – el yuragi. (E.Vohidov)
Muhokama uchun savollar:
8.3.1. Aks san’atining gap qurilishi va bayt ohangdorligidagi xizmatini ayting.
8.3.2. Tasbe’ va tasdir san’atlarining misralar munosabatini uyushtirishdagi mavqeini tushuntiring.
Adabiyotlar: 2 (354-459), 8 (207-220), 50 (108-112).

6-amaliy mashg’ulot: Fasohat usulubiy vositalari



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling