1. Sintaksisning predmeti. Sintaktik munosabatlarning turlari


Download 51.93 Kb.
bet1/4
Sana07.04.2023
Hajmi51.93 Kb.
#1338558
  1   2   3   4
Bog'liq
R e j a


R e j a:
1. Sintaksisning predmeti.
2. Sintaktik munosabatlarning turlari.
3. So‘z birikmasi va gap.
5. Gapning aktual bo‘linishlari.
6. Paradigma va sintagma.
Tayanch iboralar: nutqning sintaktik strukturasi, gap bo‘laklari, sintaktik munosabat, so‘z birikmasi, logik-grammatik munosabat, predikativ nopredikativ boғlanish, gapning struktural asosi, gap komponentlari, teng boғlanish, ergash boғlanish, tobelanish, moslashuv, boshqaruv, bitishuv, inkorporatsiya, inkorporativ kompleks, affiks, suffiks, prefiks, so‘z tartibi, hokimlik va tobelik, turғun birikma, so‘z birikmalari:otli, fe`lli, ravishli, sifatli, fuziya hodisasi, artikl’, abstrakt ma`no, sintaktik vazifa, sintaktik birlik, gapning kommunikativ mohiyati, gapning konstruktiv-grammatik belgilari,sub`ekt, predikat, boғlama, so‘zlar boғlamasi, gaplar: darak, so‘roq, buyruq, emotsional va noemotsional gaplar, bo‘lishli va bo‘lishsiz, ikki sostavli (tarkibli) va bir sostavli, yiғiq va yoyiq, to‘liq va to‘liqsiz gaplar, paradigma, gapning aktual bo‘linishi, gapning formal bo‘linishi, fikrning ifoda asosi, tinish belgilar.
1. Sintaksisning predmeti. Sintaksis ham morfologiya singari grammatikaning uzviy qismi hisoblanadi. Morfologiyaning o‘rganish ob`ekti so‘z bo‘lgan bo‘lsa, sintaksisning o‘rganish ob`ekti so‘z birikmasi va gapdir. CHunki, tilning asosiy vazifasi odamlar o‘rtasida fikr almashish quroli ekan, bu aloqa gaplar orqali amalga oshadi. Demak, gap kommunikativ birlik sifatida muhim ahamiyatga ega.
Gap bo‘laklari, so‘z birikmalari gapning qurilishini tashkil qiladi.
SHunday qilib,sintaksisda gap bo‘laklari,ularning o‘zaro sintaktik munosabatga kirish usullari va vositalari, so‘z birikmasi va gaplar, ularning qurilishi, tipi, gapdan katta birliklar, ular komponentlarning logik-grammatik munosabati kabi masalalar o‘rganiladi.
Ta`rifdan ma`lum bo‘layaptiki, tilshunoslik taraqqiyotining hozirgi bosqichida sintaksisning o‘rganish ob`ekti faqat gap deb emas, gapdan katta birliklar ham qaralmoqda. Bunda xat boshi, murakkab sintaktik butunlik (fikran, ayni vaqtda leksik, grammatik va boshqa til vositalari yordamida o‘zaro boғlangan mustaqil gaplar gruppasi), tekst kiritilayapti. Bu hol sintaksisning tekshirish ob`ektini yana ham kengaytiradi.
Til sintaktik qurilishining asosiy xususiyatlaridan biri-turғunligi bo‘lib, uning rivojlanishi tafakkur rivojlanishi, jamiyatning kommunikativ ehtiyojlarini rivojlanishi bilan chambarchas boғliq.
Sintaksis tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlari bilan ham aloqador. Jumladan, fonetika bilan. CHunki har qanday til birligi, demak, gap ham nutq tovushlaridan tashkil topgan. Bundan tashqari urғu, melodika va intonatsiya kabi fonetik hodisalarning ham sintaksis uchun ahamiyati juda kattadir.
Morfologiya va sintaksis bir-birlarini to‘ldiruvchi sohalardir. Morfologiyaning birliklari bo‘lgan so‘z shakllari so‘z birikmalari va gaplarda shakllanadi. Gap bo‘laklari bilan so‘z turkumlari orasida o‘zaro yaqin munosabat mavjud.
Kelishik, son, shaxs kabi morfologik kategoriyalar, yordamchi so‘zlar sintaksis uchun xizmat qiladi.
Sintaksis leksikologiya bilan ham boғliq. Tildagi so‘zlar grammatika ixtiyoriga o‘tib, o‘zaro sintaktik munosabatga kirishib ma`lum fikr ifoda qiladi. Kishilarning fikr almashuvi uchun xizmat qiladi.
Sintaksis quyidagi qismlardan iborat:
1.Sodda gap sintaksisi.
2.Murakkablashgan gap sintaksisi.
3.Qo‘shma gap sintaksisi.
4.O‘zga gap sintaksisi.
5.Gapdan katta birliklar sintaksisi.

Download 51.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling