O’zbek tilida so’z-gaplar


Download 0.97 Mb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1564935
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbek tilida so’z-gaplar (2)

O’zbek tilida so’z-gaplar

Morfologik birlik sifatida hamda sintaktik birlik sifatida berilishi haqidagi qarashlar asosida mustaqil ish topshiriladi

Reja

  • So`z-gaplar to`plamini ajratish tamoyillari.
  • So`z – gaplar va ularning tasnifi. Modallar, undovlar, tasdiq / inkor va taklif / ishora so`zlari va bularning ichki bo`linishlari. Boshqa so`z turkumlari bilan aloqalari.
  • So`z-gaplarning sintaktik xususiyatlari.
  • Umumiy xulosalar.

Kirish

So`z-gap, bo`laklarga ajratilmaydigan gap, semantik-funksional shakllangan so`z -gap, qolipi, qolipi, modal so`z- gaplar, undov so`z- gaplar, tasdiq/inkor so`z – gaplar, taklif/ishora so`z-gaplar, sof so`z-gaplar, so`z-gaplashgan so`zlar, so`z-gaplashayotgan so`zlar, so`z- gapsimon so`zlar, so`z- gaplarning boshqa so`z turkumlari bilan aloqalari.

So`z-gaplar to`plamini ajratish tamoyillari

O`zbek formal tilshunosligida so`z - gaplarning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo`llanish xususiyatlari yetarlicha emperik asosda o`rganilgan.

Shakl - vazifaviy tilshunoslikda gapning eng kichik qurilish qolipi sifatida talqin qilingach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo`lgan so`z - gaplarga ham lison / nutq ixtilofi nuqtai nazaridan yondashish zarurligi ayon bo`lib qoldi va har bir gapning til bosqichida o`z qolipi mavjud bo`lgani kabi so`z-gaplarning ham o`ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish qolipi bo`lishi shart va zarurligi e`tirof etildi.

“Bo`laklarga ajratilmaydigan gaplar” yoki so`z - gaplar umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgilari bilan mustaqil so`zlardan, yordamchi so`zlardan, sodda yoxud qo`shma gaplardan farq qiladi. Bular quyidagilar:

  • Mustaqil holda gap bo`la olish belgisi.
  • Gap tarkibida shu gapning biror bo`lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi.
  • O`ziga xos g`ayrioddiy ma`noga ega bo`lish belgisi.
  • Bog`lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik belgisi. So`z - gaplar deganda shu to`rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling