O’zbek tilida so’z-gaplar
Download 0.97 Mb.
|
O’zbek tilida so’z-gaplar (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- So`z-gaplarning o`ziga xos g`ayrioddiy lug`aviy ma`noga egaligi.
- 1.Modallar.
Demak, so`z-gaplar mustaqil gap bo`la olish “qobiliyatiga” ega bo`lganligi uchun bu so`zlarga nisbatan “semantik funksional shakllangan so`z gaplar” atamasi qo`llaniladi. Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug`aviy (ma`noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Bunda gap markazi mavqeida kelgan leksemalarning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo`ladi, ya`ni bunda leksik birlik ham so`z, ham gapdir. Bu atamaning “funksional” tarkibiy qismi esa so`z - gaplarning sintaktik vazifa bajarishi faqat gap markazi vazifasida kela olishi bilan chegaralanganligini ifodalaydi. Demak, semantik-funksional shakllangan gaplar grammatik shakllangan gaplardan farq qiladi va kesimlik ma`nolari so`z-gaplarda leksik birlikning yoki atov birligining o`zida mujassamlanganligi tufayli so`z-gaplarning lisoniy qurilish qolipisifatida berilgan.So`z-gaplarning o`ziga xos g`ayrioddiy lug`aviy ma`noga egaligi.Bu xususiyat quyidagilarda namoyon bo`ladi: 1.Ma`no imkoniyatlari chegaralangan. 2.O`zida grammatik shakllarni talab etmaydi. 3.Boshqa so`zlar bilan birikish qobiliyatlaridan mahrum. 4.Gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan. Shuning uchun ham bu leksemalar boshqa leksemalarga nisbatan g`ayrioddiy, biroq ma`no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi hisoblanadi. Aytib o`tilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish, taqlidlar kabi so`z turkumlari gapning istagan bir bo`lagi vazifasida kela olsa, so`z-gaplar gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog`lovchi, ko`makchi, yuklamalr esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi. So`z-gaplar o`z ichida bir necha ma`noviy guruhlarga ajraladi:1.Modallar.2.Undovlar.3.Tasdiq/inkor so`zlar.4.Taklif/ishora so`zlar.So`zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabatini ─ qat`iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma`nolarni ifodalab keladigan so`zlar modal so`zlardir. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so`zlar misol bo`ladi va bular formal tilshunosligimizda batafsil o`rganilgan.Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling