O’zbek tilida so’z-gaplar
Download 0.97 Mb.
|
O’zbek tilida so’z-gaplar (2)
Mustaqil holda alohida gap bo`la olish belgisi. Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas bog`langan. O`zbek lisoniy tizimi gapda ma`lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon va shaxs/son ma`no va munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar zarur bo`lishini talab etadi. So`z- gaplarda bunday tarkibiy qismlarni alohida - alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo`la oladi, chunki kesimlik shakllari ma`no va munosabatlari so`z-gaplarning o`zida mujassamlangan va ularning ichki mohiyatini tashkil qiladi. “Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma`nolari va kesimlik ─ gap markazi vazifasida kelish ─ fikrni shakllantirish, uni ifodalash yo`q emas, bor. Ular gap sifatida voqelanuvchi so`zning leksik ma`nosida mujassamlashgan. Shu sababdan bunday gaplarda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan”.Mustaqil holda alohida gap bo`la olish belgisi. Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas bog`langan. O`zbek lisoniy tizimi gapda ma`lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon va shaxs/son ma`no va munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar zarur bo`lishini talab etadi. So`z- gaplarda bunday tarkibiy qismlarni alohida - alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo`la oladi, chunki kesimlik shakllari ma`no va munosabatlari so`z-gaplarning o`zida mujassamlangan va ularning ichki mohiyatini tashkil qiladi. “Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma`nolari va kesimlik ─ gap markazi vazifasida kelish ─ fikrni shakllantirish, uni ifodalash yo`q emas, bor. Ular gap sifatida voqelanuvchi so`zning leksik ma`nosida mujassamlashgan. Shu sababdan bunday gaplarda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan”.Demak, so`z-gaplar mustaqil gap bo`la olish “qobiliyatiga” ega bo`lganligi uchun bu so`zlarga nisbatan “semantik funksional shakllangan so`z gaplar” atamasi qo`llaniladi. Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug`aviy (ma`noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Bunda gap markazi mavqeida kelgan leksemalarning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo`ladi, ya`ni bunda leksik birlik ham so`z, ham gapdir. Bu atamaning “funksional” tarkibiy qismi esa so`z - gaplarning sintaktik vazifa bajarishi faqat gap markazi vazifasida kela olishi bilan chegaralanganligini ifodalaydi. Demak, semantik-funksional shakllangan gaplar grammatik shakllangan gaplardan farq qiladi va kesimlik ma`nolari so`z-gaplarda leksik birlikning yoki atov birligining o`zida mujassamlanganligi tufayli so`z-gaplarning lisoniy qurilish qolipisifatida berilgan.Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling