O’zbek tilida so’z-gaplar


So`zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabatini


Download 0.97 Mb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1564935
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbek tilida so’z-gaplar (2)

So`zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabatini ─ qat`iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma`nolarni ifodalab keladigan so`zlar modal so`zlardir. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so`zlar misol bo`ladi va bular formal tilshunosligimizda batafsil o`rganilgan.

Kishilarning his-tuyg`ularini, haydash, to`xtatish kabi xitoblarni, buyruqlarni ifodalaydigan so`z-gaplarning ko`rinishi undov so`zlardir. His-tuyg`u undovlariga oh, voy, eh, barakalla, rahmat, ofarin kabi so`zlar, buyruq-xitob undovlariga pisht, beh-beh, pish-pish, chuh kabi xitob so`zlar kiradi. So`zgaplarning uchinchi ma`noviy guruhi bo`lgan tasdiq/inkor so`zlar ko`pincha modallar tarkibida o`rganilgan. Ha, mayli, xo`sh, xo`p so`zlari tasdiqni, yo`q, mutlaqo, aslo, sira so`zlari inkorni ifodalovchi so`z-gaplardir. Taklif/ishora so`zlarga qo`llanishi tana a`zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog`liq bo`lgan ma, mang, qani, marhamat so`zlari kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo`lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.

So’z-gaplar tarixi

So`z- gaplar shunday hodisalar guruhiki, ularning juda ko`pchiligi boshqa so`z turkumlaridan tarixiy taraqqiyot jarayonida o`ziga xos nutqiy qo`llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. Chunonchi, so`zsiz, tabiiy so`zlari sifatdan, albatta ravishdan o`sib chiqgan bo`lsa, har qalay, har holda modal so`zlari so`z birikmalaridan, nasib bo`lsa, xudo xohlasa kabilar gaplardan kelib chiqgan. Sof so`z-gaplarga albatta, alhamdulilloh; eh, hoy, oh, o`h; ha, yo`q, mutlaqo; ma, mang kabi modal, undov, tasdiq/inkor, taklif/ishora so`zlari mansubdir. O`zbek tilshunosligida so`z-gaplarni lisoniy jihatdan o`rgangan.

So`z-gaplarning sintaktik xususiyatlari

So`z-gaplarning sintaktik xususiyati yuqorida ta`kidlaganimizdek, ularning kesimlik qo`shimchalarini qabul qilmasligi, bog`lama bilan birika olmasligidadir. So`z-gaplar ham undalmalar, sodda gaplar kabi kengaygan yoyiq holatlarda bo`lishi mumkin:

1.Cho`lni o`zlashtirgan mardlarga ofarin (A.Q.)


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling