Grammar: Plurals. Articles ingliz tilida 2ta artikl bor


Download 17.57 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi17.57 Kb.
#1439537
Bog'liq
1mavzu.Ubiquity of English. Grammar Plural, Articles (1)


Grammar:Plurals. Articles
INGLIZ TILIDA 2TA ARTIKL BOR
1) Noaniq artikl book, an apple
2) Aniq artikl the [ze] book, the [zi] apple
1. Noaniq artikl ingliz tilida otdan oldin, sifatdan oldin (agarda sifatdan keyin ot kelsa) qo’yiladi. Fe’ldan oldin qo’yilmaydi. Faqat birlikda ishlatiladi. Gapda tarjima qilinmaydi. Lekin ma’no jihatdan “bir, qandaydir, alla qanday” deb tarjima qilinishi mumkin.
2. Aniq artikl ingliz tilida otdan oldin sifatdan oldin (agarda sifatdan keyin ot kelsa) qo’yiladi. Fe’ldan oldin qo’yilmaydi. Ko’plik va birlikda ishlatiladi. Gapda tarjima qilinmaydi. Lekin ma’no jihatdan “bu, bular” deb tarjima qilinishi mumkin.
Artikllarga izohlar:

  1. Gapda biror so’z birinchi marta kelsa o’sha so’zdan oldin noaniq artikl qo’yiladi. Lekin o’sha so’z gapda 2-marta takrorlansa undan oldin aniq artikl qo’yiladi.

  2. 1. This is a book Read the book
    2. That is a pen Take the pen

  3. 2. Ism-familiya, ko’cha, shahar va mamlakatlar nomidan oldin artikl qo’yilmaydi.
    Jahongir Valiev. Sadacha street. Namangan region. Toshkent. Uzbekistan.

  4. 3. Otdan keyin son kelsa artikl qo’yilmaydi.
    Page ten – o’ninchi bet
    Note seven. Text five. Exercise eleven…….

  5. 4. Egalik olmoshlaridan oldin va keyin birdaniga artikl qo’yilmaydi.
    His, her. Its. My. Your. Our. Their.

  6. 5. Sifatdan keyin ot kelsa artikl otdan oldin qo’yiladi. Sifatni o’zi kelsa artikl qo’yilmaydi.
    This is a red pen. This pen is read.

  7. That is a big book. That book is big.

  8. 6. Biror kim o’z kasbi yoki birovning kasbi haqida gapirsa (kim bo’lib ishlashi haqida) o’sha so’zdan oldin noaniq artikl qo’yiladi. Kasblar ko’plikda kelsa artikl qo’yilmaydi.
    I am a doctor. He is a doctor, too.
    Jack is also a doctor. We are doctors.

  9. 7. Ko’pincha qaysi artikl qo’yish gapning ma’nosiga bog’liq.
    Where is the yellow tie? Qayerda sariq galstuk?
    Is this a yellow tie? Bu sariq galstukmi?
    Give me a pen. Menga ruchka ber
    Give me the pen. Menga ruchkani ber.

  10. 8. Ob-havo va ish so’zlaridan oldin noaniq artikl qo’yilmaydi.
    Weather work
    It is hot weather. It is easy work.

  11. The weather is hot. The work is easy.

  12. 9. Artikl gapni ma’nosini o’zgartirishi mumkin.
    To go to a(the) collage – kollejga bormoq (binoga).
    To be at a(the) collage – kollejda bo’lmoq (binosida).
    To go to collage – kollejga bormoq (o’qigani).
    To be at collage – kollejda o’qimoq
    To go to a(the) hospital – shifoxonaga bormoq (binosiga).
    To be in a(the) hospital – shifoxonada bo’lmoq.
    To go to hospital – shifoxonaga yotmoq.
    To be in hospital – shifoxonada davolanmoq.
    To go to school – maktabga bormoq(o’qigani).
    To go to a(the) school – maktabga bormoq (o’qigani).
    To go to a (the) bed – krovatga bormoq (oldiga).
    To go to bed – uyquga ketmoq.
    To be on bed – uxlamoq.
    To be on a(the) bed – krovat ustida bo’lmoq.



Download 17.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling