Modal so‘zlar Ifodalanayotgan fikrga so‘zlovchining munosabatini (ishonch, gumon, achinish kabi) bildirgan so‘zlarga modal so‘zlar deyiladi. Modal so‘zlar gap tarkibida boshqa so‘zlardan vergul bilan ajratiladi


Download 21.75 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi21.75 Kb.
#1560229
  1   2   3
Bog'liq
Modal so‘zlar


Modal so‘zlar
Ifodalanayotgan fikrga so‘zlovchining munosabatini (ishonch, gumon, achinish kabi) bildirgan so‘zlarga modal so‘zlar deyiladi.
Modal so‘zlar gap tarkibida boshqa so‘zlardan vergul bilan ajratiladi. Agar modal so‘z gap boshida kelsa, modal so‘zdan keyin, gap o‘rtasida kelsa, modal so‘zning ikki tomonidan, gap oxirida kelsa, modal so‘zdan oldin vergul qo‘yiladi.

Masalan,



  1. Albatta, biz g‘alaba qozonamiz.

  2. Kattasi ham uyg‘onib ketdi, shekilli, qo‘shilishib yig‘lashga tushdi.(O‘. Hoshimov)

  3. Afsuski, besh qo‘l barobar emas. Oramizda yomon niyatli kimsalar ham uchrab qoladi.

  4. Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz, albatta.

MODAL SO‘ZLARNING MA’NO TURLARI
Modal so‘zlar ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish
fikrning tartibi, xulosasi kabi ma’nolarni bildiradi. Masalan,

  1. So‘zsiz, u keladi. Maktabdagi musobaqalarda qatnashadi va, so‘zsiz, birinchi o‘rinni egallaydi. (Ishonch ma’nosida)

  2. Ehtimol, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. (Gumon ma’nosida)

  3. Darhaqiqat, siz to‘g‘ri ish qildingiz. (Tasdiq ma’nosida)

  4. Xullas, Umidjon deyarli har kuni bitta yangi, ibratli ertak o‘ylab topib, buvisiga so‘zlab beradigan bo‘libdi. (Fikrni xulosalash ma’nosida)

  5. Avvalo, insonning qalbi go‘zal bo‘lmog‘i kerak. (Fikrning tartibi ma’nosida)

  6. Masalan, «kel» degani buyruqdan tashqari, o‘zi tomonga chorlash ma’nosini ifodalasa, «ket» deganda o‘zidan uzoqlashtirish ma’nosi bildirilgan. (Fikrni dalillash ma’nosida)

  7. Afsuski, besh qo‘l barobar emas. Oramizda yomon niyatli kimsalar ham uchrab qoladi. (Achinish ma‘nosida)

  8. Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda. (Quvonch ma’nosida)

  9. Lekin Me’morning, avvalo raiyat, qolaversa, saltanat oldidagi mavqeyi, Xuroson-u Movarounnahrdagi shuhrati unga qarshi keskin chora ko‘rishga yo‘l qo‘ymas edi.




Ishonch

Albatta, shaksiz, shubhasiz, so‘zsiz

Gumon

Ehtimol, chamasi, shekilli, balki, aftidan

Tasdiq

Darhaqiqat, haqiqatdan

Fikrni xulosalash

Xullas, demak, umuman

Fikrning tartibi

Avvalo, avvalambor

Fikrning dalillanishi

Masalan, jumladan

Achinish

Attang, afsus

Quvonch

Xayriyat




Download 21.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling