5-mashq. Quydagi gaplardagi modal so‘zlarni sof va vazifadosh modal so‘zlarga ajrating.
1. Haqiqatan ham, ko‘rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar
orasidagi jonivorlardir. («Gulxan»dan) 2. Xullas, shunday edi
olam va ishlar Seni tanimagan paytlar. (Asqad Muxtor) 3. Dar-
haqiqat, chang-to‘zon ancha narilab, Karki tomonga ketardi.
(Mirmuhsin) 4. Me’morning xayol surib giyohvandlardek qotib
qolganini ko‘rgan Xorunbek ... bu, ehtimol, achchiq alamning
oqibatidir deb o‘ylardi. (Mirmuhsin) 5. Uning oldida bakni
qaynatishyapti, shekilli, bak karnayidan qizil alanga chiqib
qolardi. (Sh. Xolmirzayev) 6. Amakimning farzandi bo‘lmagani
uchun otam meni amakimga o‘g‘il qilib bergan. Bu, taxminan,
3–4 yoshlarimda bo‘lsa kerak. (S. Dolimov)
Do'stlaringiz bilan baham: |