1-mavzu. Kirish. Gaz alangasida payvandlash tarixi


Download 28.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi28.5 Kb.
#193437
Bog'liq
1Kirish Gaz alangasida


1-mavzu. Kirish. Gaz alangasida payvandlash tarixi

Kavsharlash uchun qizdirishda gaz-havo aralashmasidan qadimdan foydalanib kelingan. Biroq ko‘pchilik metallarni (oson eriydigan, masalan, qo‘rg‘oshindan tashqari) bunday alanga bilan payvandlashning uddasidan chiqib bo‘lmadi, chunki alanganing harorati nisbatan past (1100—2000°C) bo‘lib, uning issiqligi (50—75% gacha) atrof havosini qizdirish uchun befoyda isrof bo`lardi.

1885-yilda fransuz olimi Anri Lui Le Shatelye asetilenni kislorodda yondirib, harorati 3000°C dan yuqori alanga hosil qildi. Bir necha yildan keyin uning yurtdoshlari muhandislardan Edmon Fushe va Shari Pikar harorati 3100°C gacha bo‘lgan alanga beradigan asetilen-kislorod kallagi (gorelkasi) ning konstruksiyasini taklif etdilar (bu konstruksiyalar hozirgi davrgacha deyarli o‘zgarmadi). Gaz alangasida payvandlash ana shunday boshlandi. 1906-yildan boshlab uni Rossiyada qo‘llay boshlandi. Ilk bor gaz alangasida payvandlash Moskva texnik bilim yurtida tajribadan o‘tkazildi. Dastlab bu yangi usulni avtogen payvand­lash deb atadilar (grekcha «avtos» — o‘zim va «genes» — hosil bo`laman so‘zlaridan olingan). Bu jarayon temirchilik usulida payvandlashdan oson bo‘lib, temirchilik usulida payvandlashda birikma qizdirilgan detallarni bir-birining ustiga qo‘yib, birgalikda bolg‘alash yo‘li bilan olinardi. Keyinchalik «avtogen payvandlash» atamasi eskirdi va 1950-yildan boshlab «gaz bilan payvandlash» yoki «gaz alangasi yordamida payvandlash» atamalari qo‘llana boshlandi.

Metallarga gaz alangasida ishlov berishda metallarni gaz-termik kesish yetakchi o‘rinni egallaydi. Gaz-termik kesishni qo‘llamasdan turib bir qator muhim konstruksiyalarni bajarish mumkin emas. Kimyo, neft va energetika mashinasozligi va apparatsozlikda hamda boshqa sohalarda ham gaz-termik kesishsiz ish bajarishning iloji yo‘q. Gaz bilan payvandlashda jihozlar va texnologik usullar bilan yondosh (gaz-kislorodli alanga metallni qizdirish manbayi bo‘lib xizmat qiladigan) jarayonlar ham keng qo‘llaniladi. Bunday jarayonlarga: gaz alangasida yuzani toblash, kavsharlash, buyumlarni gaz alangasida to‘g‘rilash, metall bilan qoplash usullari kiradi.


Nazorat savollari:

1.Gaz alandasida payvandlash atamasi qachon qo`llanila boshlangan?

2.Gorelkani kim ixtiro qildi?

3.Ilk bor nechanchi yilda asetilenni kislorod bilan aralashtirib 3000 0C xaroratga erishilgan?



Uyga vazifa:

1.Mavzuni asosiy qismlarini yozib olish



2.Nazorat savollariga javob yozish
Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling