Modal so’zlar !Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini ishonch, gumon, achinish kabi


Download 43.16 Kb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi43.16 Kb.
#1367750
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Alohida olingan so\'z turkumlari





Modal so’zlar
!Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini (ishonch, gumon, achinish kabi) bildirgan so’zlarga modal so’zlar deyiladi.
Modal so’zlar gap tarkibida boshqa so’zlardan vergul bilan ajratiladi.

Ishonch

albatta, shaksiz, shubhasiz, tabiiy.

Gumon

ehtimol, balki, chamasi, shekilli, chog’li, mazmuni, aftidan.

Tasdiq

darhaqiqat, haqiqatdan, to’g’risi, chindan ham.

Fikrni xulosalash

xullas, demak, umuman, alqissa.

Fikrning tartibi

avvalo, avvalambor, qolaversa, nihoyat.

Fikrning dalillanishi

masalan, jumladan, binobarin, inchunun, chunonchi.

Achinish

attang, afsus, afsuski.

Quvonch

xayriyat, shukur, shukurki.

Orzu istak

koshki, qaniydi.

Mavjudki, mavjud emaski

bor, yo’q.




Sof modal so’zlar

Vazifadosh modal so’zlar

!Faqat modal ma’no uchun xoslangan so’z sof modal so’zlardir:

!Boshqa turkumlarga xos vazifalarni bajarish bilan birga modal ma’noda ham qo’llanila oladigan so’zlar vazifadosh modal so’zlar deyiladi:

haqiqatdan
darhaqiqat
afsuski
attang
shekilli
avvalo
avvalambor
xullas
koshki
masalan

aftidan
chamasi
umuman
ehtimol
balki
taxminan
shubhasiz
Misol uchun:

  1. Bo’ron bo’lishi ehtimol,qizim(ot so’z turkumi).

Ehtimol,bu onasidan yagona esdalik.(modal so’z)

  1. Chamasi,hammasining og’zi tekkan ekan o’sha go’shtga(modal so’z)

Gulchehraning chamasi to’g’ri chiqadi.

Tasdiq va inkor so’zlar
Nutqimizda qo’llaniladigan ha,xo’p,mayli kabi so’zlar tasdiq so’zlar:yo’q,aslo,so’zlari esa inlor so’zlar sanaladi.Bunday soz’lar diologik nutqda –mi so’roq yuklamasi orqali ifodalangan so’roq gaplarning javobi bo’lib keladi.Masaln:
-Siz shu maktabda o’qiysizmi? -Ha -Bu sizning uyingizmi? -Yo’q
Taqlid so’zlar
Inson,hayvon va narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni ifodalovchi so’zlar taqlid so’zlar deyiladi. Masalan: gup-gup, taq-taq.
Taqlid so’zlar nimaga taqlidni bildirishga ko’ra ikki xil bo’ladi.
1. Tovushga taqlid so’zlar. Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so’zlar tovushga taqlid so’zlar hisoblanadi. Masalan: biliq-biliq, g’a-g’a(o’rdak ovoziga taqlid), dit-dit(mashina signaliga taqlid).

Download 43.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling