Modal so’zlar !Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini ishonch, gumon, achinish kabi
Download 43.16 Kb.
|
Alohida olingan so\'z turkumlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ega: Oh-vohlaring
- Hay-hay
Undov so`zlar otlashganda otga xos sintaktik vazifa bajaradi va quyidagi vazifalarda keladi: Ega: Oh-vohlaring jonimga tegdi. To`ldiruvchi: Kechki payt oh-vohdan uyg`onib ketdim. Aniqlovchi: Ohlarimning uchquni,nahot kul qilmadi seni (xalq qo`shig`idan) Undovlar boshqa so`zlar bilan Grammatik aloqaga kirishmaydi. UNUTMANG! Undovlar undov ohanggi bilan ajralib turadi, lekin undov ohanggi xilma-xildir. Bir undov so`z turli ohang bilan talaffuz qilinib, turli xil ma`nolarni ifodalashi mumkin. Masalan, Hay-hay, tegma ( buyurish) Hay-hay, yigitlar bu yoqqa(undash,ta`kidlash) Hay-hay, shakkoklik qilmang (fikrdan qaytarish) Nutq jarayonida so`zlovchilarning Yoshi, amali nuqtayi nazaridan undovlardan foydalanish ham ma`lum darajada farq qiladi. Xususan, o`zidan katta yoshdagilarga murojaat qilinganda yoki ma`lum lavozimni egallagan shaxslarga uning qo`l ostida ishlayotgan shaxslar hoy deb murojaat etmaydi yoki balli undovi kattalar tomonidan kichiklarning qilgan yoki qilayotgan ishlaridan mamnunligini ifodalash, ular mehnatini baholash maqsadida ishlatiladi, lekin kichiklar tomonidan kattalarning ishlariga nisbatan bunday undov orqali baho berilmaydi. Shuningdek, undovlar og`zaki so`zlashuv,badiiy, qisman publitsistik uslubda keng qo`llanilib, rasmiy va ilmiy uslubda qo`llanilish doirasi cheklangan. Ba`zan xat janrida,ma`lum voqea-hodisalar bayoni yuzasidan o`zaro maktublarda yoki ishqiy maktublarda, undovlar qo`llanilishi mumkin. Rasmiy doiralarning xatlarida undovlar qo`llanilmaydi. Sababi rasmiy doiralarning xatlari har qanday ehtiroslardan xoli bo`ladi. Download 43.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling