8.2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Fasohatda so’roq gaplar va undov so’zlarning o’rni va ularning poetik fikrdagi mavqeini talabalarga singdiriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:
8.2.1. Gap urg’usi poetik ma’noga ta’sir qilishi va uning natijasida ifodalilik zuhur topishini tushunadi.
8.2.2. Poetik nutqdagi so’roq gaplar javobsiz, savol-javob gaplar, albatta, javobli bo’lishini so’z san’ati nuqtai nazaridan tasavvur etadi.
8.2.3. Poetik nutqda undov so’zlarning fikrga alohida ma’no yuklashini idrok etadi.
8.2-asosiy savolning bayoni:
Gap ma’nosining o’zgarishida gap urg’usining mavqei alohidadir. Gap urug’isi tufayli ma’no ta’kid topadi, da’vat kuchayadi. O’rni bilan munosabatni ham anglatadi. Grammatikada so’roq gaplar javob talab qiladi, ammo poetik nutqda bunday gaplarning javobi kutilmaydi. Javobsiz so’roq gap istifhom deyiladi. Bu san’at sirasidan savol–javob san’ati paydo bo’lgan. Unda berilgan savolga javob qaytariladi.
«Nuqta lab ustida bejodur», - dedim, aydi kulib;
«Sahv qilmish kotibi qudrat magar tahririda».
(Furqat)
Nutqda gap urg’usidan tashqari misraning biror bo’lagi ohang (ovoz) jihatidan keskin o’zgarib ketishi mumkin. Buning vositalari turlichadir. Undov so’zlarning ishtiroki bilan ham she’r ohangida o’zgarish sodir bo’ladi.
Hama obod bo’ldi, bo’lmadim men obod dastingdan,
Ki men har qayga borsam dod etarman, dod dastingdan!
Uyushiq bo’lak orasida bog’lovchining qo’llanishi va qo’llanmasligi ham she’r ohangiga ta’sir qiladi. Bog’lovchisiz kelsa ritmik ohang ortadiki, pasaymaydi.
Amr va nahiy buyruq va man’ etish ma’nolarini ifodalaydi. Boburning «Har kimki vafo qilsa vafo topqusudur» ruboiysi bunga yaqqol misol bo’ladi.
Taajjub va nido san’atlari ham she’r jarangi va ohangigi ta’sir etuvchi fasohat vositalaridir.
Muhokama uchun savollar:
8.2.1. Gap urg’usi vositasida hosil bo’ladigan istifhomga izoh bering.
8.2.2. So’roq gaplar vositasida paydo bo’ladigan she’r san’ati (savol-javob) haqida tushuncha bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |