Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Download 0.79 Mb.
bet32/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

Darsning maqsadi: Fasohat uslubiy vositalarini misollar vositasida talabalar tasavvuriga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
8.1. Poetik sintaksisni misollar vositasida tushuntiradi.
8.2. Istifhom va savol–javob kabi fasohat uslubiy vositalarini tasavvur qiladi.
8.3. So’z takrori va qaytarig’i vositasida hosil bo’ladigan san’atlarning ifodalilikdagi o’rnini tushuntira biladi.


Kerakli jihozlar:
Abdulla Oripovning «Saylanma»si (- T., 2000) va boshqa kitoblar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Gap qurilishining grammatika va poetik nutqdagi tartibini farqlash.
2. Poetik sintaksisning vazifasi sanaladi.
3. So’roq ma’nosini bildirgan gaplar vositasida qanday san’at sodir bo’lishini aniqlash.
4. Tasbe’, tasdir, mukarrar, aks san’atlarining fasohatdagi o’rni misollar vositasida sharhlanadi.
5. Aks va qaytariq san’atiga A.Oripov she’rlaridan misollar ishlanadi.

Adabiyotlar: 2 (354-459), 8 (207-220), 11 (191-210), 50 (108-112).




9- mavzu: Nazmiy asar (she’r) tahlili mezonlari
Asosiy savollar:
9.1. Nazmiy tahlil haqida qarashlar va uning tasnifi.
9.2. She’r tahlili mezoni unsurlari.
9.3. Lirik qahramon masalasi.

Tayanch tushuncha va iboralar:


She’r tahlili mezoni, she’r tahlili tasnifi, lirik qahramon.
Mavzuga oid muammolar:
She’r tahlili mezonlarining qomusiy, ta’limiy turlari haqida sizning qarashingiz?


9.1- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Nazmiy asar tahlili ko’rinishlarini talabalar bilimiga ko’chirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
9.1. Nazmiy asar tahlili mezonining ilmiy ko’rinishi bo’yicha tasavvur paydo qiladi.
9.2. Ommaviy va qomusiy tahlilning bir-biridan farqini biladi.
9.3. Ta’limiy tahlil mezonini idrok etadi.
9.1- asosiy savolning bayoni:
She’r tahlili mezoni turlari haqida xilma-xil qarashlar mavjud. Shundan hozircha to’rttasi ilmda qabul qilingan: a) ommaviy; b)ilmiy; v) qomusiy; g) ta’limiy.
She’r tahlilining ilmiy ko’rinishi u yoki bu muammoning echimiga bag’ishlangan masala bilan bog’liq. Agar ilmiy mavzu qofiya va shaxsiy uslub bo’lsa, G’.G’ulom, H.Olimjon va Uyg’un she’riyatining qofiya tizimi va uning shaxsiy uslubdagi mavqei tahlil qilinadi. Ya’ni ilmiy mavzu qaysi muammoga bag’ishlansa, she’r ham ana shu mavzuga moyil tahlil qilinadi. Bundan tashqari qofiya haqida tadqiqot qilinar ekan, qofiyaning mumtoz shaklidan tortib erkin vazndagi to’liqsiz qofiyagacha ilmiy chuqur va har tomonlama isboti bilan tahlilu talqin etiladi.
Masalan, ohu-suv qofiyadosh so’zlari mumtoz qofiya qonuniyatida nuqsonli yoki qofiyasida «aybg’inasi» bor hisoblanadi.
Tahlilning ta’limiy, ya’ni dasturlashgan ta’lim ko’rinishi o’ziga xosdir. Bunda ta’lim mavzusi va talabi asosiy rol o’ynaydi. Ta’lim dasturi bo’yicha G’.G’ulomning «Sen etim emassan» she’riga bir necha xil yondashish mumkin: shoir tarjimai holini sharhlaganda; urush yillari o’zbek adabiyoti mavzusini o’tishda; erkin vazn nazariyasi o’rganilganda bevosita mazkur she’r tahlilga tortiladi va undan misollar keltiriladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling