Davlat budjeti xarajatlarining tasnifi va mohiyati Mirzo Ulug
Download 57.5 Kb.
|
Фаррух макола
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
- Key words
Davlat budjeti xarajatlarining tasnifi va mohiyati Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Moliya va kredit kafedrasi mudiri Rejapov Hayrullo Hikmatullayevich Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi talabasi Kamuljanov Farruxbek Otabek o‘g‘li (+998) 97 249-03-30 Annotatsiya Maqolada davlat budjet xarajatlarining vazifalari va funksiyalari bilan o‘zaro bog‘liqligi va tasnifi tahlil qilindi. Budjet qonunchiligi tahlili asosida budjet mablag‘larini sarflashning alohida usullari yoritilgan.‘ ‘ Kalit so‘zlar: budjet xarajatlari, budjet xarajatlari belgilari, oddiy xarajatlar, favqulodda xarajatlar, budjet mablag‘larini sarflash usullari. В статье проанализированы соотношение и классификация расходов государственного бюджета с задачами и функциями. На основе анализа бюджетного законодательства выделены особые способы расходования бюджетных средств. Ключевые слова: бюджетные расходы, признаки бюджетных расходов, обычные расходы, чрезвычайные расходы, способы расходования бюджетных средств. The article analyzed the correlation and classification of state budget expenditures with tasks and functions. Based on the analysis of budget legislation, special ways of spending budget funds are highlighted. Key words: budget expenses, signs of budget expenses, ordinary expenses, emergency expenses, ways of spending budget funds. Kirish Davlat budjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) budjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yig‘indisi) vamahalliy (munitsipal) budjet (hududiy tuzilmalar — o‘lka, viloyat, tuman va doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga bo‘linadi. Ikki turdagi budjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Budjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yig‘imlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Budjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning budjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu budjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bog‘liq. Budjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, budjet taqchilligi, ya‘ni kamomadi yuzaga keladi.Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi me‘yoriy hisoblanadi. Budjet kamomadining g‘oyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda budjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat budjetilari va davlat budjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, budjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yig‘indisi davlatning yigma budjetini tashkil etadi. Davlat budjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat budjetini hukumat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.Davlatning budjet tizimi barcha budjetlari uchun umumiy bo‘lgan budjet xarajatlari tasnifining bo‘limlari va kichik bo‘limlari quyidagilardir: milliy masalalar, milliy mudofaa, milliy xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish, xalq iqtisodiyoti, uy-joy kommunal xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ta‘lim, madaniyat, kinematografiya, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy siyosat, jismoniy tarbiya va sport, ommaviy axborot vositalari, davlat va munitsipal qarzlarga xizmat ko‘rsatishdan iborat. Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling