Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


-mavzu: Lirik tarh (kompozitsiya) - 4 soat


Download 0.79 Mb.
bet38/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

11-mavzu: Lirik tarh (kompozitsiya) - 4 soat.


Asosiy savollar:
11.1. Lirik tarh atamasi va uning ta’rifi.
11.2. Lirik tarh tasnifi.
11.3. Tarh unsurlari.
Tayanch tushuncha va iboralar:
Lirik tarh, lirik tarh ta’rifi, lirik tarh unsurlari, tarh komponenti.
Mavzuga oid muammolar:
Lirikada syujet va kompozitsiyaning munosabatini qanday tushunasiz?
11.1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Tarh haqida nazariy tushuncha berish.

Identiv o’quv maqsadlari:
11.1. Lirik tarh ta’rifini ayta oladi.
11.2. Lirik tarhni tasniflay biladi.
11.3. Lirik unsurlarni misollar vositasida anglaydi.


11.1-asosiy savolning bayoni:
«Asarning turli qismlari orasidagi mutanosiblik kompozitsiya, deb ataladi» (I.Sultonov, Adabiyot nazariyasi, 1980 y. 188-bet). Asarning kompozitsiyasini tashkil etuvchi turli qismlar komponent deyiladi.
Kompozitsiya komponenti birikmasining o’rniga tarh unsuri birikmasini teng tushuncha sifatida qo’llash mumkin. Masalan, syujet garchandki, o’zi mustaqil ravishda asar voqeasini uyushtirsa-da, kompozitsiyaga nisbatan komponent – unsur hisoblanadi.
L.Tolstoy fikricha, tarh badiiy asar markazini tayin etishdan boshlanadi. Tarh adabiy tur va janrlarga ko’p jihatdan bog’liq. Shu ma’noda u lirik janrlarda o’zini alohida namoyon qiladi.
Shoir va adabiyotshunos Jamol Kamol o’tmish lirikada kompozitsiya so’zi istiloh sifatida uchramaydi (uning kitobi, 65-bet) degan fikrda.
Aksincha, o’tmishda «tarh», «andoza» so’zlari kompozitsiya istilohi ma’nosini bergan. Ulug’ Navoiy tarhni kompozitsiya ma’nosida qo’llagani ma’lum.
«Farhod va Shirin» dostoni haqida gapirib: «Ani nazm etki, tarhi toza bo’lg’ay, ulusga mayli beandoza bo’lg’ay», deya yozilajak asar tarhining yangiligi va kitobxonga manzur bo’lishini ehtirom bilan ta’kidlagan.
Kompozitsiya borasida Aristotel, Bualo, Belinskiylar aniq izohlar bergan. Belinskiy: «Har bir belgi, har bir obraz zaruriy va o’z o’rnida bo’lishi lozim» degan. Shuningdek, M.Qo’shjonov, boshqird adabiyotshunosi N.Ahmedziyanovlar ham o’z fikrlarini bildirganlar. Olimlarning barcha fikrlarini umumlashtirsak, u L.Tolstoyning tarhga bergan aniqlamasiga mos keladi.
Muhokama uchun savollar:
11.1.1. Tarh atamasiga aniqlama bering.
11.1.2. Tarhni ta’riflang.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling