Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R
Download 0.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhokama uchun savollar
- 7.2- asosiy savolning bayoni
7.1-asosiy savolning bayoni:
Nazmiy nutqda leksik va uslubiy vositalar muhim o’rin tutadi. Uslubiy vositalar badiiy nutqning tasviriy vositalari hisoblanadi. U tasvirda maxsus badiiy vazifa o’taydi: 1. Voqea-hodisani obrazli ifodalash; 2. Nutqning ifodaliligini oshirish; 3. Narsa-hodisa, shaxs xarakterini qisqa, aniq va obrazli tasvirlash yoki ifodalash. Tasviriy vositalarning asosida ma’no ko’chish yotadi. Badiiy tasvir vositalari-badiiylik ilmining asosi. Badiiy tasvir vositalari- she’rning «joni» va «tani». Ko’chim arab va forslarda majoz, evropaliklar tilida trop, deb yuritiladi. Ko’chim yaqin va uzoq o’xshashlikka asoslanadi. Ko’chim quyidagi xususiyatlarga ega: 1) biror narsaning belgisi ikkinchi narsa-hodisaga ko’chirilishi; 2) biror narsaning nomini ikkinchisi bilan almashtirish; 3) so’zni ko’chma ma’noda qo’llash. Ko’chim ana shu tabiatiga ko’ra sodda va murakkabga tasniflanadi. Ko’chim – o’xshashlikka, mantiqga, hayotiy moslikka asoslanishi shart. Mantiqiy moslik: Qadding sarvu, sanobardek beling qil, Vafo qilgan kishilarga vafo qil. Moslik: yor qaddi sarv, sanobar; beli qildek ingichka. Agar yor qaddini go’zallikda majnun tolga qiyos qilinsa, mantiq buzilgan bo’lar edi. Mantiq buzilgan tashbehlar ham ko’plab uchraydi. So’zning ma’no ko’chishi: Gul bo’lib, gul-gul yonib, Gulshan aro Gulchehralar. Muhokama uchun savollar: 7.1.1. Uslubiy vositalarning badiiy mohiyatini so’zlang. 7.1.2. Ko’chimning xususiyatlarini tavsiflang. 7.2–asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Sodda ko’chim turlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan talabalar tasavvuriga singdirish. Identiv o’quv maqsadlari: 7.2.1. Sodda ko’chimning bosh alomatlarini idrok qila oladi. 7.2.2. Sodda ko’chim turlarini misollar vositasida tasavvur eta oladi. 7.2.3. Tashbehni tasniflab, misollar keltira oladi. 7.2- asosiy savolning bayoni: Sodda ko’chim belgi, shakl va mohiyat o’xshashligiga asoslanadi. U o’xshatish (tashbeh) va sifatlashga tasniflanadi. Insoniyat qiyoslash, o’lchash va taqqoslash natijasida o’z nutqiga aniqlik, ifodalilik, jonli tasvir va ta’sirchanlik baxsh etgan. Ayniqsa, o’xshatishdan unumli foydalangan. O’xshatish fikrda oydinlik, ifodalilik, obrazlilikni yuzaga keltiradi. Tashbehning etti nav’i keng istifoda etiladi: 1) tashbehi mutlaq (tom, sarih turlari mavjud); 2) tashbehi kinoyat; 3) tashbehi mashrut; 4) tashbehi izmor; 5) tashbehi tavzi’; 6) tashbehi aks; 7) tashbehi musalsal. Tashbehi mutlaqda (doimiy o’xshatish) o’xshatishning to’rt unsuri to’liq ishtirok etadi. O’n sakkizga kirgan qishloq qizlarining yuzidek, Qip-qizargan yuzlaringdan bir o’pich ber, shaftoli. (Cho’lpon) O’xshash narsa-shaftoli, o’xshatilgan narsa – qizlarning yuzi, o’xshash belgi – go’zallik, o’xshatish vositasi-dek qo’shimchasi. Tashbehi kinoyatda o’xshagan narsa tushib qolib o’xshatilgan narsa qatnashadi: Zo’r karvon yo’lida etim bo’tadek, Intizor ko’zlarda halqa-halqa yosh. O’xshagan narsa yig’layotgan shaxs tushib qolgan. O’xshatilgan narsa etim bo’ta ishtirok etmoqda xolos. Sifatlash mumtoz adabiyotda tansiq as-sifat, deb yuritiladi, ya’ni sifatlarni tizish ma’nosini beradi. Shoir ma’shuqaning ko’rkam va go’zalligini bir sifat orqali tavsiflash bilan cheklanmaydi. Zebolik olamida nimaiki bo’lsa ma’shuqaga nisbat beraveradi. Bu ham ijodkorning tahayyul dunyosining miqyosidan dalolat beradi. Bugun erta turib tongni ko’rdim, Oq shohi ro’moli boshida. (Uyg’un) Sifatning qatorlashib kelishi she’riyatda serob uchraydi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling