Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Download 0.79 Mb.
bet23/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

Ishni bajarish tartibi:
1. Bir me’yorda takrorlanadigan hodisa ritm hosil qilishini hayotiy misollar asosida tushuntirish.
2. Ritmning ta’rifi va o’ziga xos xususiyatlarini izohlash.
3. Zarb, marom atamalarining ritmga aloqasini sharhlash.
4. Ritmik urg’u, ritmik zarb, ritmik marom tushunchalarini misollar vositasida anglash.
5. Tekis va notekis harakatli ritm tabiatini Cho’lponning «Go’zal» va «Ko’ngil» she’rlari misolida tahlil qilish.
6. Ritm haqidagi nazariy bilimni matnga tatbiq qilish.


Mashg’ulotni yakunlash.

Asosiy adabiyotlar: 2 (196-205), 7 (15-45), 8 (289-294), 50 (38-46).




6-mavzu: Balog’at (kalome bade’) vositalari

Asosiy savollar:
6.1.Nazmda milliy til boyligining o’rni.
6.2.Nazmda so’zning betaraf va ko’chma ma’nolari.
6.3.Nazmda so’z va poetik mantiq.


Tayanch tushuncha va iboralar:
Milliy til boyligi, tarixiy, eskirgan va boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar, dag’al so’zlar, argotik va jargon so’zlar, badiiy til, muallif va personaj nutqi.


Mavzuga oid muammolar:
Nazmda so’z va poetik mantiqning o’zaro aloqasiga munosabat bildiring.
6.1- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Nazmda so’z o’z va ko’chma ma’noda qo’llanilib, poetik obrazlilik hosil qilishini talabalar tasavvuriga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
6.1. Nazm milliy til boyligiga asoslanishini idrok etadi.
6.2. Badiiy til va uning xususiyatlarini mushohada qiladi.
6.1-asosiy savolning bayoni:
Nazmiy nutq milliy til boyligiga asoslanadi. Til badiiy shakl yaratishning universal vositasi bo’lib maydonga chiqadi (I.Sulton). Til – badiiy libos. Tili buzuq asar sozi buzuq cholg’u asbobi kabidir. Badiiy til bo’yoqdor, ifodali va obrazli tildir. Badiiy asarda ikki nutq ishtirok etadi: a) muallif nutqi(tili); b) personaj nutqi (tili).
Muallif nutqi asarning katta–kichik qismini bog’lab turuvchi omildir. Unga emotsionallik xos. Personaj nutqi – badiiy nutq. U asar qahramonini shakllantiradi. Sajiya tadrijini ta’min etadi. Har qanday asar – tarixiy-adabiy jarayonning mahsuli. Shuning uchun ham unda tilning barcha qatlamlari – so’zlar ishtirok etadi. Bu jarayon she’riy asarlarga ham mutlaqo xos.
G’.G’ulomning «Men yahudiyman», Erkin Vohidovning «O’zbegim» she’rlarida tarixiy, Hamid Olimjonning «O’zbekiston», Abdulla Oripovning «Genetika» she’rlarida zamonaviy so’zlar lirik qahramon nutqini ziynatlagan.
Fuzuliy: Mendan, Fuzuliy, istama ash’ori madhu zamm,
Man oshiqam, hamisha so’zim oshiqonadur,
deganda so’zni mavzuga qarab qo’llashga ishora ham qilgan. Baytda milliy til boyligidan tashqari ajnabiy til unsurlari ham bor: ash’or-asar, madh-maqtov, zamm-qo’shish va h.o.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling