Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R
Download 0.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushuncha va iboralar
- Identiv o’quv maqsadlari
Muhokama uchun savollar:
4.1 Tafsil, timsol atamalari ifodalagan tushunchalarni izohlang. 4.2 Timsol va obraz atamalari birmi? Adabiyotlar: 2 (196-205), 7 (15-30), 8 (289-294), 50 (38-46). 5-mavzu: Notekis harakatli ritm Asosiy savollar: 5.1 Notekis harakatli ritm. 5.2 Oddiy notekis harakatli ritm. 5.3 O’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm. Tayanch tushuncha va iboralar: Notekis harakatli ritm, oddiy notekis harakatli ritm, o’rtacha notekis harakatli ritm. G’oyani keskin o’zgartiruvchi notekis harakatli ritm. Mavzuga oid muammolar: Notekis harakatli ritmning kelib chiqish ibtidosiga munosabat bildiring? 5.1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Notekis harakatli ritmning mazmun va mundarijasi, uning she’r ritmini o’zgartirishdagi vazifasini talabalar tasavvuriga singdirish. Identiv o’quv maqsadlari: 5.1 Notekis harakatli ritm tabiatini tahlil qiladi. 5.2 Oddiy notekis harakatli ritmni idrok etadi. 5.3 O’rtacha notekis harakatli ritmni tasavvur qila oladi. 5.1-asosiy savolning bayoni: Asrimizning 20-30-yillari to’ntarishlar, o’zgarishlar yillari bo’ldi. Ijtimoiy dolg’ali voqealar she’r tabiati va ritmini ham o’zgartirdi. Aruz mustahkam mavqeini barmoqqa bo’shatishga majbur bo’ldi. Hatto barmoqning «temir qonun»lari sindi. Har ikki vaznda zalvorli ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarni ifoda etishi mushkul hol bo’lib qoldi. Natijada barmoqning erkin shahobchasi va undan so’ng sarbast vazni ustuvorlasha boshladi. Chunki «Zamonning ruhi va odamlarning kayfiyati she’riyatning ritmi, ohangida aks etadi» (S.Mamajonov). Shu asnoda notekis harakatli ritm paydo bo’la boshladi. Bu ko’rinish ritmga ijtimoiy hayotdagi notekislik, lirik qahramon tabiatidagi o’zgarishlar va nihoyat o’zga xalqlar she’ri ritmi ta’sir etdi. Masalan, Cho’lponning «Ko’ngil» she’rida bo’g’in tengligi, vazn va turoq tugalligi saqlanmagan. Bu ritmning keskin, shiddatli bo’lishini ta’minlagan. Ritmik zarblar fikr kuchayishini orttirgan. Boshqa bir misol: Xotinlarning pardasi, Qarilarning gavdasi, Yirtilg’on, Yorilg’on, Ezilg’on! … Fitratning «Sharq» she’rida lirik qahramon iztiroblari o’z aksini topgan. Har bir misradagi zarb alohida intanatsion musiqiylikni hosil qilgan. Ayonlashadiki, 20-30-yillar erkin vaznda she’r yozilishi bilan notekis harakatli ritm o’ziga xos asnoda paydo bo’la boshlagan. Davr she’r vazni, voqeasi, turog’i va ritmiga ham jiddiy tahrir kiritdi. Band tuzilishida ham erkinlik paydo bo’ldi. O’zgarishga uchragan ritm uch ko’rinishga ega bo’ldi: 1) oddiy notekis harakatli ritm; 2) o’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm; 3) g’oyani keskin o’zgartiruvchi notekis harakatli ritm. Har uchala tur – notekis harakatli ritmga tekis harakatli ritm asosdir. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling