Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi
Download 0.78 Mb.
|
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Ma’ruza va amaliy mashg`ulotlar mazmuni.
- 3. Ma’ruza mashg`ulotlari (24 soat) 1-bo’lim: 1-ma’ruza.
1.5. O’qitish jarayonlari .O’quv fani fakultet ishchi o’quv rejasiga binoan 60 soat auditor: 24 ma’ruza, 20 amaliy, 16 seminar) va 50 soat mustaqil ta’lim mashg`ulotlari miqdorida olinadi.
Ma’ruza mashg`ulotlari dialog (Ma’ruzachi yetakchiligida talabalar bilan belgilangan mavzuda ma’ruza-suhbat) shaklida o’tkaziladi. 1. Ma’ruza va amaliy mashg`ulotlar mazmuni. 2. Bo’limlar bo`yicha mashg`ulotlar hajmi mazmuni
3. Ma’ruza mashg`ulotlari (24 soat) 1-bo’lim: 1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. O’quv fanining qisqacha mazmuni va ishchi o’quv dasturi. Mashg`ulot turlari va ularga tayyorlanish usullari. O’quv fanining reyting tizimi. Zaruriy adabiyotlari, ma’ruza matnlari, ularning bosma va elektron variantlari hamda ulardan foydalanish yo’llari. (2 soat) Adabiyotlar: 1; 2; 3; 4; 8. 2-ma’ruza. Til va nutq munosabati, ularning farqlanishi. Til va nutq farqlanishini dialektik kategoriyalar tadbiqi asosida tushunish. UMIS va YAHVO atamalari, ularning lison va nutqni farqlashdagi ahamiyati. Lisoniy va nutqiy birliklar. Ularni imkoniyat va voqelik sifatida tushunish. F.de. Sossyur ta’limoti. Formal-funksional tilshunoslik. (2 soat) Adabiyotlar: 3; 7; 11; 12. 3-ma’ruza.Til birliklari orasidagi munosabatlar. Paradigmatik (o’xshashlik),sintagmatik (qo’shnichilik), iyerarxik (pog`onaviy) munosabatlar. Paradigmatik munosabatda turuvchi til birliklari orasidagi ziddiyatlar. Teng qiymatli (ekvipolent), privativ (noto’liq), gradual (darajali), mutanosib (proporsional) ziddiyatlar va ularning bir-biridan farqi. Ushbu munosabatlarni hayotiy misollarda va til sathlarida, qonuniyatlarida ifodalanishi. (2 soat) Adabiyotlar: 3; 10; 11, 12. 4-mavzu. Tilshunoslik sohalari. Fonetika. Fonetika-nutq tovushlarini o’rganuvchi soha. Nutq tovushlari-unli va undoshlar sistemasi. Tillar doirasida unli va undosh tovushlar tasnifi. Fonetik birliklar (fraza, takt, bo’g`in, urg`u, tovush). Nutq apparati tushunchasi, uning tuzilishi. Nutq organlari va ularning vazifalari. Faol nutq organlari. Tovush va fonema munosabati. Fonologiya fonemalarni o’rganuvchi soha sifatida. Fonema so’z va morfemalarda ma’no jihatdan farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turlari sifatida. Fonema variantlari. Tilning fonemalar tizimi. Fonema nazariyasi tarixidan. Fonemalar haqida turli fonologik maktab vakillarining fikrlari. N.S. Trubetskoy, L.V. Shcherba qarashlari. Tovush o’zgarishlari. Nutq jarayonidagi fonetik hodisalar. Kombinator va pozitsion tovush o’zgarishlari. Hozirgi va tarixiy fonetik hodisalar. Pozitsion tovush o’zgarishlarining asosiy turlari: reduksiya, jaranglilashish, proteza, epenteza, diereza, gaplologiya. Kombinator tovush o’zgarishlari: metateza, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, akkomodatsiya va ularning turlari. Tovush uyg`unligi (singarmonizm). Lab va tanglay singarmonizmi. Ushbu hodisalarni turli tillarda kuzatish. O’xshash va farqli belgilari asosida xulosa chiqarish. (4 s.) Adabiyotlar: 3; 4; 11; 15; 17. 5-ma’ruza. Lug`atshunoslik (leksikografiya). Lug`at turlari. Qomusiy va lingvistik lug`atlar. Umumiy va maxsus lug`at turlari. Bir tilli lug`atlar: izohli, etimologik, frazeologik, morfemik, orfoepik, imlo lug`atlari. Ularning bir-biridan farqli tomonlari. Tarjima lug`atlar. Ikki tilli, uch tilli va ko’p tilli tarjima lug`atlar. Lug`atchilikdagi muammolar. Lug`at tuzish tamoyillari. O’zbekiston Milliy ensiklopedik lug`ati haqida ma’lumot. Tarixiy lug`atlar haqida. M.Qoshg`ariyning «Devonu lug`otit turk» (Turkiy so’zlar devoni), «Abushqa» lug`ati, M.Mahdixonning «Sangloh» (chig`atoycha-forscha) lug`ati, L.Budagovning «Turkcha - tatarcha qiyosiy lug`at»i (rus tilida) va boshqalar. (4 soat) Adabiyotlar: 3; 4; 17; 19; 22. 6-ma’ruza. Grammatika. Grammatikaning ikki qismi: morfologiya va sintaksis. Morfologiya-so’z turkumlari, grammatik shakllar va so’zning ma’noli qismlari haqidagi fan. Morfemika morfologiyaning bir bo’limi sifatida. O’zak va affiksal morfemalar. So’zning morfemik tarkibida bo’ladigan o’zgarishlar. Grammatik ma’no, grammatik shakl va grammatik kategoriya tushunchalari. Grammatik ma’noning yangicha talqini. XGM (xususiy grammatik ma’no)lar va ular orasidagi munosabat. Grammatik ma’noni ifodalovchi vositalar. Ularning turli tillarda ma’no ifodalashda o’ziga xos o’rni. (4 soat) So’z turkumlari tasnifi. So’zlarni turkumlarga ajratish mezonlari. Mustaqil so’z turkumlari. Ularning tillararo farqlanishi. O’zgaruvchi va o’zgarmas leksemalar. Yordamchi so’z turkumlari. Ularga xos bo’lgan «oraliq uchinchi»lik tabiati. So’z-gaplar va ular haqida ma’lumot. So’z-gaplar tasnifi. So’z-gaplarning lisoniy sintaktik qolipi. (2 Sintaksis. So’z birikmasi va uning turlari. Sintaktik munosabat. Sintaktik munosabatni ifodalash yo’llari. Lisoniy sintaktik qolip (LSQ). Valentlik. Leksik va grammatik shakl valentligi. Substansial morfologiya, valentlik va sintaksis munosabati. Gap. Uning muomala vositasining eng muhim birligi ekanligi. Gapning asosiy belgilari. Gap nutq birligi sifatida. Gap bo’laklari va ular iyerarxiyasi. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari. Gapning tuzilishiga ko’ra turlari. Sodda gap va uning qurilish qolipi. Qo’shma gap va uning qurilish qolipi. {SQP} qurilish qolipiga ega bo’lgan tillar xususida. [WPm] – o’zbek tilidagi gapning minimal qolipi ekanligi. (2 soat) Yozuv. Yozuvning shakllanishi. Yozuv tarixidan: shakliy yozuvlar, piktografik, ideografik, fonografik yozuv turlari. Yozuv va til munosabati. Harf va belgi. Alifbo. O’zbek tilining yozuv ifodasi, uning tarixiy o’zgarishlari. Orfografiya. Imlo qoidalari. Unli va undosh harflar imlosi. Asos va qo’shimchalar imlosi. Qo`shma va juft so’zlar imlosi. Bosh harflarning ishlatilish qoidalari. Bo’g`in ko’chirish qoidalari. Orfografik va orfoepik qoidalarning o’zaro bog`liqligi. Orfografik qoidalarning fonetik-morfologik, shakliy, tarixiy-an’anaviy prinsiplari. (4 soat) Adabiyotlar: 3; 4; 8; 13; 14. Qo’shimcha: Sh.Shahobiddinova. Grammatik ma’no talqini xususida. NDA, Samarqand, 1993-yil. Adabiyotlar: 9; 13; 16. R.Bobokalonov. O’zbek tilida semantik-funktsional shakllangan so’z-gaplar. ND, Toshkent, 2000 yil. Adabiyotlar: 3; 10; 16; 20. 7-ma’ruza. Jamiyat va til. Tillarning shakllanishi va taraqqiyoti. Tilning ijtimoiy tabiati. Tilning paydo bo’lishi. Tilning paydo bo’lishi haqidagi nazariyalar, ularning talqini, ilmiy asosi. Jamiyat va til taraqqiyoti. Til taraqqiyotida tashqi va ichki omillar. Til taraqqiyotining tashqi omillari. Diffirensiya va integratsiya. Tillarning o’zaro aloqasi. Tashqi ta’sir natijasida tilning fonetik, leksik, grammatik tizimdagi o’zgarishlaridir. Til taraqqiyotining ichki omillari. Shevalar lug`at boyligini oshiruvchi ichki manba sifatida. Milliy til tushunchasi. Til tizimi sathlarining notekis rivojlanishi va sabablari. Tillar tasnifi. Tillarni tasniflash asoslari. Tillarning tasnif turlari. Tipologik, geneologik, areal tasniflar haqida ma’lumot. Morfologik tasnif. Izolyativ (ajratuvchi) tillar. Polisintetik tillar. Agglyutinativ tillar. Flektiv tillar. Ularning o’ziga xos jihatlari. Geneologik tasnif. Tillar o’rtasida qarindoshlik tushunchasi. 8-ma’ruza Dunyo tillari. Tillar oilasi haqida mu’lumot. Hind-yevrova tillar oilasi va ular qarindoshligining asosiy belgilari. Turkiy tillar oilasi. Turkiy tillarning asosiy fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari. 2 soat Adabiyotlar: 3; 4; 9; 14; 16. O’zbek tilining imlo lug`ati. Toshkent, 1995. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling