4.1. Amaliy mashg`ulotlar mavzulari (20 soat).
1-mashg`ulot. Fonetika. Nutq tovushlarining umumiy tavsifi. Unli va undosh tovushlar. (2 soat)
2-mashg`ulot. Nutq apparati: nutq organlari va ularning vazifalari. (2 soat)
3-mashg`ulot.Unli va undosh tovushlar tasnifi. Ular ustida ishlash. (2 soat)
4-mashg`ulot. Fonetik hodisalar. Kombinator va pozitsion o’zgarishlar bo`yicha mashq. (2 soat)
5-mashg`ulot. Fonema va uning vazifalari.Fonema-fonoallofona. Tovush ifodasi.
6-mashg`ulot. Bo’g’in, urg’u va ohang.
7-mashg`ulot. Tilning lug`at sathi. Leksema. So’z va uning ma’nosi ustida ish. So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari ustida ish. So’zning lug`aviy va grammatik ma’nolarini aniqlash. (2 soat)
Matndan qo’llanishiga qarab so’zlarni guruhlash. Lug`at turlari bo’yicha mashq. Izohli lug`atlar, ularning ko’rinishlari. (2 soat)
8-mashg`ulot. Frazeologiya. (2 soat).
9-mashg`ulot. Tilning grammatik sathi. So’zning morfemik tarkibini aniqlash. O’zak va affiks morfemalar. Agglyutinativ va flektiv tillarda o’zak va affiksal morfemalar xususiyati. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalarni aniqlash va sharhlash. Matndagi so’zlarni turkumlarga ajratish. Ularning lingvistik xususiyatini izohlash. Matndagi gaplarni sintaktik jihatdan sharhlash. So’z birikmalarini, gap qolipini aniqlash. (2 soat)
10-mashg`ulot. Tillar tavsifi va tasnifi. Til oilalari va oilalarga mansub tillarni guruhlashni o’rganish. Agglyutinativ va flektiv tillarning til xususiyatlarini aniqlash. (2 soat)
4.2. Seminar mashg`ulotlari mavzulari (16 soat)
1-mashg`ulot: Tilning ijtimoiy vazifalari. Tilning hissiy-ta’siriy tuyg`u ifodalash vositasi. (2 soat)
Reja:
Tilning ijtimoiy mohiyati.
Til va tafakkur munosabati.
Til va xalq tarixi.
Tilning falsafiy masalalari.
Adabiyotlar: 4; 6; 12; 14; 16.
Do'stlaringiz bilan baham: |