266
“BLITS-O‘YIN” METODI
BLITS-O‘YIN metodi tinglovchilarni harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga,
mantiqiy
fikrlashga, o‘rganayotgan fani asosida ko‘p, xilma-xil fikrlardan,
ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga, shuningdek tez va to‘g‘ri
fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
Ushbu metodda tinglovchilar o‘rganilgan butun mavzu yoki uning ma’lum
qismining
asosiy tushunchalari va tayanch iboralari bo‘yicha tuzilgan savollarga javob (og‘zaki,
ѐzma, biror jadval ѐki diagram- ma ko‘rinishida) berishlari lozim bo‘ladi.
«BLITS–O‘YIN» metodini qo‘llash qoidalari:
–
o‘qituvchi ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkazilishi haqida
tinglovchilarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani
baja- rishga aniq vaqt
berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni
ogohlantiradi;
–
o‘qituvchi hamma tinglovchilarga (alohida-alohida) tarqatma material beradi
va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o‘rganishlarini so‘raydi;
–
o‘qituvchi tarqatma materialning mazmunini
va bajariladigan vazifani
tushuntiradi, ya’ni tarqatma materialda berilgan 20 ta harakatning ketma-ketligini
to‘g‘ri
belgilash kerakligi, belgini esa qog‘ozda alohida ajratilgan bo‘limga raqamlar
bilan belgilash kerakligini tushuntiradi;
–
qo‘yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi;
–
o‘qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir
tinglovchi tomonidan yakka
tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga ѐrdam beradi ѐki qaytadan tushuntiradi.
2-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: