Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
VAZIYAT Rasm darsida o‘qituvchi piyolani stol ustiga qo‘yib, uni rasmini chizishni bolalarga tushuntirdi. Oldinda o‘tirgan Sarvar tikilib o‘tirib, qo‘lini ko‘tardi: - Maylimi, men piyolani rasmini chizmay, xech qachon ko‘rmagan narsamni rasmini chizsam? - Nimani chizmoqchisan? - hayratlandi o‘qituvchi. Bola o‘ylab turib, efkolipt daraxtini chizmoqchiligini aytdi.O‘qituvchi ruxsat berdi. Bola bir oz o‘ylanib o‘tirib, yana so‘radi: - Maylimi, men faqat ba’zi odamlar ko‘rgan narsalarni chizsam? O‘qituvchi qiziqib u nima narsa ekan deb so‘radi. Bola ko‘k qush rasmini chizmoqchiligini aytdi. O‘qituvchi xayratlanib bo‘lsada bolaga chizishga ruxsat berdi. Xamma bolalar rasm chizish bilan bandlar, faqat Sarvar yana xayol surib o‘tiribdi. U yana qo‘l ko‘tarib o‘qituvchiga yuzlandi: - Maylimi, men xech kim xech qachon ko‘rmagan narsani rasmini chizsam? O‘qituvchi undan yana nima tasavvuriga kelganini so‘radi. - Men mamontni uyg‘onishini chizmoqchiman. - Mamontni? So‘radi o‘qituvchi. - Xa, mamontni, xo‘rsindi Sarvar. - Mamont bo‘lsa mamont, faqat sen tezroq nimani xoxlayotganingni xal qilmasang ulgurmay qolasan, chunki xozir qo‘ng‘iroq chaladi. Besh daqiqadan so‘ng qo‘ng‘iroq chaldi. Sarvarni qog‘ozi oppoqligicha qoldi. Savollar. 1. Siz bu vaziyatni qanday izoxlaysiz? 2. Sarvar xaqida qanday tasavvurga ega bo‘ldingiz? 3. Keyinchalik o‘qituvchi bu bola bilan qanday ishlashi kerak? VAZIYAT Tohir doim dars jarayonida qiziqmasdan, boshqalarga darsni tinglashida xalaqit berib o‘qituvchilarning asabiga muntazam ravishda tegib yuradigan bola. Hamma o‘qituvchilar bu boladan doimo shikoyat qilib yuradilar. Bir kuni fizika o‘qituvchisi Nasiba opa Tohirni kolidorda ko‘rib qolib: «Bilasanmi ertaga darsda men nimalar xaqida to‘xtalib o‘tmoqchiman?» deb, ertangi dars mavzusi va topshiriqlari bilan Tohirni tanishtirdi. Ertasi kuni fizika darsida Tohir hammani xayratda qoldirib, yangi mavzuni o‘qituvchi bilan barobar munozara tarzida o‘tkazdi. Boshqa o‘quvchilar Tohirning bu yutug‘idan xayratda qoldilar. Keyingi fizika darsidan bir kun oldin Tohir o‘zi o‘qituvchini kolidorda poylab turib ertangi dars nima xaqida bo‘lishini so‘radi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling