Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Savol va topshiriqlar: 
1. Kasb tanlashda ikkala holatni solishtiring. 
2. Qizlar mehnatni baholashning qanday asoslaridan foydalanishadi? 
3. Insonning kasbiy o‘zini anglashi va ijodiy o‘zini tahlil qilishini 
qanday tushunasiz? 
 
VAZIYAT 
- Marhamat o‘tiringlar, alifbodagi «Q» harfi bo‘lgan betni oching. 
Bolalar shunday voqea to‘g‘risida o‘qishadiki, unda kichik G‘iyos hamma 
harflarni o‘rganib uyiga xursand holatda keladi va buvisiga aytadi: «hohlaysizmi, 
men ham sizga o‘qishni o‘rgataman? Bu juda oson!» 
- Endi keyingi betda boshqa hikoyani o‘qing! 
- Boshqa bet yo‘q! 
- Qanaqasiga yo‘q? 
- Biz kitobni tugatdik! 
- Butunlay tugatdik!.. 
- Unda kitobni yoping… Keling gaplashamiz: u sizga nimani o‘rgatdi? 
- U bizga o‘qishni va yozishni o‘rgatdi. 
- Ona tilini o‘rgatdi… Qanday to‘g‘ri gapirishni! Bilim berdi! 
- Bizni yaxshi bo‘lishga, do‘st bo‘la olishga o‘rgatdi! 
- O‘qishni sevishni, kitobni sevishni! 
- Ota-onalarni hurmat qilishni! 
- Muloyim bo‘lishni! 
- Unda ko‘p kulguli va ajoyib rasmlar! 
- Unda yana, rebuslar, krossvordlar, tez aytishlar!
- Men bu kitobni juda yaxshi ko‘raman! Siz kitobni uyga olib ketishga 
ruxsat berganingizda, men uni yostig‘im ostiga qo‘yardim va u bilan uxlardim!
- Men esa hammaga, qo‘shnilarimga ham ko‘rsatardim! 
- Endi boshingizni partaga qo‘ying! Ko‘zlaringizni yuming! – o‘qituvchi 


2-ilova 
 
315
ovozini pasaytirdi. - Men sezayapman siz birinchi kitobingizni yaxshi ko‘rib 
qoldingiz, to‘g‘rimi?
- Ha, - shivirlashdi bolalar. 
- Unda o‘ylab ko‘ringlar, qanday so‘zlar bilan siz unga o‘z 
minnatdorchiligingizni bildirasiz? 
 
Savol va topshiriqlar: 
1. Bunday holatda pedagog qanday pedagogik masalalarni hal etadi? 
2. Berilgan fragment qanday konsepsiya yoki ta’lim andozasini 
namoyish qiladi? 
3. Darsdagi pedagogik o‘zaro faoliyat tashkilotida pedagog qanday 
qonun-qoidalarga amal qilgan? 
4. Bu holat o‘qituvchining qanday pedagogik faoliyat xususiyatlarini 
bildiradi? 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling