Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
VAZIYAT Bola (yig‘layapti): Mashina, mashina! Qani mening mashinam? Ota: Senga mashining kerak, lekin uni topolmayapsan? Bola: (xonalar bo‘ylab yugurdi, ditvan taglarini qaradi). Ota: U erda mashinang yo‘q. Bola: Qani mashinam? Ota: Balki mashinang shkaf ichida o‘yinchoqlar orasidadir? Qaragin. Bola: (shkaf oldiga yugurib bordi, hamma narsani ag‘dardi, lekin mashinani topolmadi va otasiga ma’noli qaradi) Ota: (indamadi, bu bilan bolaga qidiruv tashabbusini berdi) Bola: (oshxonaga yugurdi va stol tagidan mashinasini topdi) Mana u! Ota: Balli! Sen o‘zing mashinani topding. Savollar: 1. Otaning har bir javob variantini va holatini tahlil qiling. 2. Bu holat ota hulqining qanday xususiyatlarini va bola bilan munosabatning qanday xarakterini bildiradi? 3. Berilgan holatda tarbiyaning qanday turi kuzatiladi? VAZIYAT Erkin «onasini bolasi» deb ataladigan bolalardan biri. Uning onasi garchi faqat o‘g‘li bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lsa-da, u har qanday sabab bilan goh direktorga, goh o‘qituvchilarga, goh sinfdoshlarning ota-onalariga murojat qilishni afzal ko‘rdi. Natijada, Erkin 15 yoshga to‘lgan bo‘lishiga qaramay, har qanday arzimas sabab bilan onasiga murojat qilish odobsizlik ekanligini tushunmadi va u umuman xaqiqiy hayotga moslashmadi. U o‘zini o‘zi himoya qila olmaydigan, oddiy vaziyatlardan ham chiqib keta olmaydigan darajaga etdi. Odatdagidek, ziddiyatlarning hamma sabablari quyidagilarga taqalardi: «meni turtishdi», «meni masxara qilishdi», «meni chaqirishmadi» va sh .k. Mehmonga buva va buvisi kelishdi, ular chet elda yashardilar shuning uchun ham 8 yil mobaynida nabirasini ko‘rishmagan edi. Buvasi sobiq xarbiy edi, u hafta davomida Erkin va kelin xulqini kuzatdi. YAnagi holatdan keyin buva nabirasi bilan yolg‘iz gaplashishga qaror qildi. - Men sen bilan nafaqat bu holat xaqida, balki butun hayoting to‘g‘risida gaplashmoqchiman. Sen endi 15 yoshdasan va buni tushunishing kerak: qanday vaziyatda onasini yordamga chaqirish va uning maslahatini olish lozim; qanday vaziyatda onasini o‘z shaxsiy ishlariga aralashtirmaslik lozim. Mana qara, qanday xudbinsan: oyingni ko‘zi yoshlanishigacha tashvishlantirding, umuman olganda bu 2-ilova 317 ishni o‘zing ham hal qilishing mumkin edi. YAna bir gap. O‘zing tushunasan, hamma payt ham oying yoningda bo‘lmaydi va sen o‘zingni himoya qila olishing kerak, o‘tmish va kelajakni tahlil qila bilishing shart. Mana bugun, agar sen o‘zingni xaq deb bilsang, nega unda o‘qituvchidan bahoni pasaytirgani sababini so‘ramading? Sen bo‘lsang oyingni ovora qilib, o‘qituvchidan shikoyat qilding. Axir sen kap-katta yigitsan, har qanday iltimosingni, noroziligingni, savolingni o‘zing aytishing kerak. hayotda juda qiyin masalalarni hal qilishinga to‘g‘ri keladi: o‘z g‘ururing, oilang faxrini himoya qilishing, bezorilarga to‘sqinlik qilishing, sevgan qizing nomusini, Vataningni himoya qila bilishing lozim. Bir hafta oldin oying bilan suhbating davomida sinfdoshlaring bilan ziddiyatli munosabatlaring haqida eshitib qoldim. Sen aytdingki, o‘rtog‘ing noxaq. Lekin sen bunga qanday e’tibor qilding: tupurding, tirnading va oyinga yugurding… Oying senda o‘z himoyachisini ko‘rishi kerak. Sen bo‘lsang o‘zingni yosh boladek tutasan. Kelishib olaylik, agar nimadir bo‘lsa, oyingni boshini qotirmaysan, balki men bilan maslahatlashasan. Biz birgalashib o‘ylaymiz. SHu yo‘l ma’qulmi senga? YAna bir shart, irodangni o‘zing tarbiyala, ya’ni hamma narsani o‘zing hal qil va bajar. Fe’lingni tarbiyala! Axir sen urush ofitserining nabirasisan-ku! Agar qiynalsang, senga hamisha yordam beraman! Kelishdikmi? Qani ovqatga, oying bilan buving bizni kutib qolishdi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling