Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko’rsatish bilan bir qatorda psixikaning
ko’pqirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulq-atvorini psixologik jihatdan tushuntirishda qo’zg’atuvchilar(qo’zg’ovchilar)ni turli bosqichlarda o’zaro murakkab bog’liqlikda olib qarash, ko’rish lozim, deb ta’kidlaydi. Bu ko’p bosqichli tuzilma boshqarishni anglashilgan bosqichi singari anglanmagan motivatsion tendentsiyalarni o’z ichiga oladi. Shaxsning motivlari oqimi muammosi uning ham metodologik, ham nazariy munosabatni tekshirish demakdir. Chunki to hozirgi davrgacha sobiq sovet psixologiyasida uning ko’pgina qismlari o’z yechimini topa olmagan. G’arb mamlakatlari hamda AQSh psixologlari orasida «biologik ehtiyojlar asosida inson motivlari yotadi», degan qarashlar majmuasi keng ko’lamda qo’llanib kelinmoqda. Chunonchi, AQSh psixologi B.Damellning fikricha, to’qimada vujudga kelgan ehtiyojlar qo’zg’atuvchining asosiy manbai hisoblanadi. Mazkur g’oya yuzasidan mulohaza yuritgan Danlep esa «qo’zg’alish biologik to’qimalardan chetga chiqmaydi», degan fikrga qat’iy ishonadi. Gilfordning ta’kidlashicha, faollikning birlamchi manbai ovqatdan» iboratdir. Lekin muallif o’z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi. Bu vaziyatni baholashda psixologik muammolar oqimi bilan motivlarning biologik oqimi o’rtasida yuz beruvchi o’zaro o’rin almashishning sodir bo’lishini mulohaza doirasidan tashqari chiqmaslik lozim. Chunki biologik shartlangan reja faollik manbai o’zaro o’rin almashish jarayonlari assimilyatsiya va dissimilyatsiya sifatida namoyon bo’ladi. Holbuki biologik holatlar psixik jarayonlarning moddiy asosini tashkil qiladi. Xuddi shu boisdan, ular birlamchi manba va psixik faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling