Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
A.N.Leontevning fikricha, faoliyatning tuzilishi: maqsadga qaratilgan xatti-
harakatlar va operatsiyalardan iboratdir. Odatda faoliyat o’zining predmeti va motiviga ega bo’lib, agarda motiv bilan predmet (jism, narsa) o’rtasida mutanosiblik (moslik) vujudga kelsa, demak shundagina u tub ma’nodagi faoliyatga aylanadi. Masalan, bir talaba imtihondan (reytingdan) o’tish uchungina birlamchi manbalarni o’qiydi, lekin boshqasi esa o’zini tekshirish va haqiqiy bilimlarni egallash uchun dars tayyorlaydi. Birinchi holatda talaba yoki o’quvchida motiv imtihonga qaratilgan bo’lib, o’quv predmeti mazmuni bundan mustasnodir, xuddi shu boisdan uning faoliyati faqat xatti- harakatlar tizimidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Ikkinchi holatda esa motiv o’quv predmetini o’zlashtirishga qaratilganligi sababli uning intilishi 60 faoliyatiga o’sib o’tadi (Ye.G’. kursiv bizniki: bu mezon vazifasini o’taydi), degan fikrga kelishga kafolat beradi. 5.2. Motiv muammosi va uning yechimiga doir mulohazalar Sobiq sovet psixologiyasi motivlar muammosini dialektik materializm printsiplariga asoslanib tadqiqodlangan. Bu esa eng avvalo motivlar tizimi inson hayoti va faoliyatiga murakkab tuzilgan boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida tushunishni bildiradi. Mazkur yo’nalishga daxldor psixologlar o’rtasida shaxsning faolligi, ongning faolligi haqidagi g’oyalar keng tarqalgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn motivlashgan tizimning inson borliqni aks ettirishdagi asosiy rolini ko’rsatib, shunday mulohazalarni ta’kidlab o’tadi: birinchi bo’lib kuzatish obyektlari emas, balki ehtiyoj obyektlari va inson xatti-harakatlari beriladi. Motivlashgan ustanovkalarning faollikka oid o’ziga xosligi ham shunday tuzilgan va u o’zi xohlagan borliqning elementi va holatini belgilashga xizmat qiladi. Ularning fikricha, tashqi olamga munosabatning faol motivatsion xususiyatini ko’rsatib o’tishning o’zi kifoya. S.L.Rubinshteyn «ong-bu faqatgina aks etish emas, balki insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir» deb yozadi. Motivlarning tuzilishi bilan bevosita borliq ongning bosqichli tuzilishi muammosi psixologlar tomonidan tezkorlik bilan hal qilish, yechish, tekshirish, tadqiq etish zarur bo’lgan dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling