Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

nazariyalar yangi qo’zg’atuvchilar, drayvalar paydo bo’lishiga asoslangan bo’lib, ular 
insonning organik ehtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg’unlashuvi 
tariqasida tahlil etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko’ra, ikkilamchi qo’zg’ovchilar organik 
qo’zg’atuvchilarning go’yoki qobig’iga o’xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871-
1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni 
asoslash uchun tug’ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqyelikni bog’lab 
tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha, tug’ma instinktlar ham insonlarga, ham 
hayvonlarga bir tekis taalluqli bo’lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik 
esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida hukm surishi mumkin. Umuman olib 
qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o’ziga xoslikka ega:
1. Bixeviorizm motivatsiya modelini topish bilan shug’ullanib va xulq 
printsiplarini vujudga keltira borib, hayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq 
motivatsiyasi qonuniyatlariga asoslanib insonning xulq motivatsiyasi yuzasidan xulosa 
chiqarishga harakat qiladi.
2. Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida qarab, unga biologik jabhada 
yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy mohiyati tadqiqot predmetidan chetda qolib 
ketadi. 
3. Bixeviorizm ham insonga, ham hayvonlarga xos bo’lgan xulqning umumiy 
printsiplarini topishga intiladi.
4. Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi o’ziga 
xosligini yo chetlab o’tadilar yoki o’ta sodda tarzda izohlashga moyildirlar. 
5. Hayvonlarning xulq motivatsiyasi shakllarini juda sodda tarzda tushuntirishga 
asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat bosqichidagi 
motivatsiyasiga ko’chirish ishonchli dalillarga ega emas. 
6. Inson motivatsiyasini o’rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning 
tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug’ma ehtiyojlar 
kabilar odamning motivatsiya doirasi tuzilishi mohiyatini juda yuzaki ocha oladi, xolos. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling