Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
O‘z-o‘ziga baho - sof ijtimoiy hodisa
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi
O‘z-o‘ziga baho - sof ijtimoiy hodisa
bo‘lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy 19 Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 79-b. 49 jamoalar etalon rolini o‘ynashi oqibatida shakllanadigan o‘z-o‘ziga baho -o‘z- o‘zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, xar bir yosh avlodda o‘zligini anglash, o‘zi mansub bo‘lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlash hislarini tarbiyalamoqda. Bu esa, o‘sha yuksak o‘z-o‘zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir. Demak, o‘z-o‘zini baholash -o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir. Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning ob’ektivligiga bog‘liq tarzda o‘z-o‘zi bilan muloqatga kirishib, shaxs o‘zini nazorat qila oladi. SHuning uchun ham xayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o‘ziga holis baho berib, kerakli to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan xatolik uchun o‘z «ich-etini eb tashlaydi». Bu o‘sha ichki dialogning har kimda xar hil ekanligidan darak beruvchi faktlardir. 27 - rasm O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi: ✓ o‘z-o‘zi bilan muloqot (o‘zini konkret tarbiya ob’ekti sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida); ✓ o‘z-o‘zini ishontirish (o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali, ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish); ✓ o‘z-o‘ziga buyruq berish (tig‘iz va ekstremal xolatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati); ✓ o‘z-o‘ziga ta’sir yoki autosuggestiya (ijtimoiy normalardan kelib chiqqan xolda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish); Yuqoridagi o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlari orasida psixologik nuqtai nazardan o‘z-o‘zi bilan amalga oshiriladigan ichki dialog alohida o‘rin tutadi. O‘z-o‘zi bilan dialog - oddiy til bilan aytganda, o‘zi bilan o‘zi gaplashishdir. Aslida bu qobiliyat bizning boshqalar bilan amalga oshiradigan tashqi dialoglarimiz asosida rivojlanadi, lekin aynan ichki dialog muhim regulyativ rol o‘ynaydi. Xulqiy yondashish modellari o’quvchining qanday o’rganishiga ko’mak bo’lsa hamda ularning nima qilishiga ta’sir o’tkazolsa ham, o’qituvchilar odatda o’quvchilar nimani o’ylayotganini bilishni va bunga qanday qilib erishishni xohlashadi. Buni amalga oshirish ijodkorlik - o’quvchilarning qay yo’sinda 50 tajribalaridan kelib chiqib bilimini ishlab chiqishi, uni rivojlantirishi ko’zda tutiladi. O’rganishning ijodiy modellari o’rganuvchi qancha bilimni mustaqil ishlab chiqollashini yordam olgan holatiga (biror bir o’qituvchi yoki mutaxasisdan ko’mak olishi mumkin) nisbatan analiz qiladi (Fosnot, 2005; Rockmore, 2005). Shu o’rinda bular jismoniy ijodkorlik va ijtimoiy ijodkorlik deb ataladi. Ikkala nim ham individual tarzda fikr yuritishni ifodalaydi. 20 O‘spirinlik davrida shaxs ijtimoiylashuvi. SHaxs, uning dunyoni bilish, o‘zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni bilish, tushunishi va o‘zaro munosabatlar jarayonida o‘zidagi takrorlanmas individuallilikni namoyon qilishi hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog‘liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga umumiy ravishda shaxs-jamiyatda yashaydigan ijtimoiy mavjudotdir, degan xulosani qaytarishga imkon beradi. Ya’ni, u tug‘ilgan onidan boshlab o‘ziga o‘xshash insonlar qurshovida bo‘ladi va uning butun ruhiy potensiali ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo‘ladi. CHunki agar insonning ontogenetik taraqqiyoti tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, hali gapirmay turib, odam bolasi o‘ziga o‘xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy muloqotning barcha ko‘rinishlarining faol ob’ekti va sub’ektiga aylanadi. SHu nuqtai nazardan, xar birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Shuni ta’kidlashimiz mumkinki, samarali ta’lim tabiiyki ijtimoiy faoliyat bo’lib, uni biz eng yaxshisi bilimni ijtimoiy va eksperimental tuzishdan o’rgana olamiz (Vigotski, 1978). Agar biz shuni tan olsak, unda biz faraz qilishimiz mumkinki, xar qanday samarali elektron ta’lim dasturni ijtimoiy tarzda qo’llaydi, shuning uchun o’tgan asrni oxiridagi suxbat xonalari qo’llanmasi qaysidir ma’noda bugungi yangirog’ini, ijtimoiy foyjalanuvchi tarafdan boshqariladigan Vebni nishonasi xisoblanadi. Shu narsa xaqiqatda aniqki, xozirgi kundagi ko’p aspirantlar elektron ta’limni bizni ko’zlarimiz ostida norasmiy tarzda o’tmoqdalar. Ular o’z M SN messendjer oraqali o’z yotoqxonalarida, laboratoriyalarda va kutubxonalarda muloqot qilmoqdalar, va Facebook orqali fikrlarini almashmoqdalar, va kerakli jurnal maqolalarini va ikkilamchi manbalarni mashxur qidiruv mexanizmlari orqali topmoqdalar, vaxolanki shularni barchasini ular institutni elektron jurnaliga a’zo bo’lib, sharxlarini, maslaxatlarni va xatto o’z ishlarini qo’llaridagi mobil jixozlar orqali almashsalar bo’ladi. Ushbu xamkorlik madaniyati, bu xisobsiz platformalardagi o’rtoqlashgan bilimlarni to’xtamas tarzda ijtimoiy yaratilishi, bir tarafdan muaamoni yuzaga keltirsa, ikkinchi tarafdan ulkan imkoniyatlarni yaratadi. Muammoligi shundaki, bu juda xam plagiatlik madaniyatiga yaqin bo’lishi mumkin, va bir dunyo tayyor xoldagi ma’lumotlar qor ko’rligini bir formasiga olib kelishi mumkin, qaerdaki akademik sifatlarni tanqidiy muxokamasi, 20 Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 79-b. 51 manbalarni aniq tan olish muammolarga olib kelishi mumkin. Boshqa tarafdan bu katta imkoniyatlar yaratadi, chunki bu bizga doimo bunday turdagi o’’zaro aloqadan o’zimizni chetga olmaslikka yo’l qo’yadi, va ularni kuchini jilovlab, bizni talabalarimiz birgalikda va o’z xollaricha ishlab, biroq o’qituvchi raxnamoligida, biz ularni o’z mavzularini keraklicha tushunishlariga va akademik texnikalarini rivojlantirishga yordam beramiz. 21 Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishdan hosil bo’lgan obraz - Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling