Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Men” obrazi va konsepsiyasining shakllanishi
“Men” obrazi
deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini belgilaydi va uning barkamollik mezonlaridan hisoblanadi. “Men” obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omilidir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, tarbiyaga shaxsni o’zi o’z sifatlari to’g’risidagi tasavvurlarini shakllantirish jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson, o’zligini qanchalik aniq va to’g’ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo’ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo’ladi. “Men” obrazining shakllanishi, rivojlanishi va o’zgarishi ichki va tashqi qoidalarga bog’liq. Tashqi muhit (oila, maktab, rasmiy va norasmiy guruhlar) “Men” obrazining shakllanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiylashuv jarayonida “Men” obrazining shakllanishida oila asosiy rol o’ynaydi. “Men” obrazi va konsepsiyasining shakllanishi , shaxsning o‘zini o‘zi baholashi mexanizmlari. Kasbni tanlash, unga mehr qo‘yish, professional mahoratga intilish shaxsdagi yana bir muhim xususiyat – o‘zini o‘zi qanchalik teran anglashiga bog‘liq. Zero, insonning komilligi, uning ahloqiy fazilatlari ko‘p jihatdan uning o‘ziga, o‘zini o‘zi qanday anglashiga bog‘liq. Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo‘ladigan obraz “Men” obrazi deb atalib, uning qanchyalik ob’ektivligi, reallikka yaqinligi, adekvatligi uning jamiyatdagi mavqeini belgilaydi, barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. Universitet ta'limi izchil kasbiy mahoratni yangi va tajribali o'qituvchilar akkreditatsiyasidan o'quv va o'quv dasturlarini baholash qismi birinchisi hujjatlari sifatini saqlaydi, ikkinchisi yaxshi ta'lim uchun rag'batlantirish, takliflar va mukofot bilan qo'llab-quvvatlash. 22 21 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 95. 22 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 199. 52 28-rasm Shaxsdagi “Men” obrazi yoki boshqacha aytganda, “men” - konsepsiyasining ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyalanganligining muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan ta’riflasak, shaxsning tarbiyalanganligi - uning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanish jarayonidir. Bu qobiliyat shaxsning kasb tanlashi, uni tirishqoqlik bilan o‘zlashtirishi, amalda namoyon etishi va profesisonal mahoratning asosidir. Extimol, sizning institutingiz o’zini elektron ta’lim bo’yicha strategiyasi va siyosatiga ega bo’lishi mumkin. U ushbu keng yondoshishni ifodalashi mumkin, yoki siz elektron ta’limdagi “elektronni” faqatgina tarmoqlangan texnologiyalarga tegishli deb talqin qilib, xar qanday va barcha kompyuterlashgan ta’limni (CAL) qamramasligi mumkin deb xisoblashingiz mumkin. Xar qanday xolatda xam, HEFCE tavsiflarini asosiy natijalari, va boshqa ko’pchilik institutsional elektron ta’lim strategiyalari quyidagilardan iboratdir: ➢ bir qator tizimlar va vositalarga qaraganda, elektron ta’lim shunday narsaki, unda talabalar axborot va aloqa texnologiyalari (AAT) orqali ta’lim oladilar; ➢ bu masofaviy ta’lim kurslarida yoki universitet qoshidagi kurslarda (ba’zida bu ikkinchisi “aralash” yoki “birlashgan usuldagi” ta’lim deb ataladi) qo’llanishi mumkin; ➢ odatda uni keng tarzda ta’riflash mumkin, va bu amaliyotchi va o’z talabalaringizni o’qituvchisi sifatida o’z faningizda xar xil yondoshishlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi; Elektron ta’limni qo’llashni yagona yo’li mavjud emas; ➢ bu siz “yetkazib” beradigan biron narsa bo’lmay, balki ushbu ta’lim orqali siz talabalaringizni aniq narsalarni amalga oshirishlarigi imkoniyat yaratib berasiz. Elektron ta’lim foydali tavsiflarini kengligini tan olgan xolda, ushbu bobni qolgan qismi ta’lim berishda amaliy axamiyatga ega ba’zi internet texnologiyalarini va pedagogik yondoshishlarni taqdim etadi. 23 Koʻp oliy ta’lim muassasalari oʻzlarining vazifa hisobotlarida muassasa maqsadi va bitiruvchi talablarning oʻzlariga xos jixatlari haqida tasavvur uygʻotishni istaydi. Mohiyatiga ko’ra maqsad ushbu universitet yoki kollej 23 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 86. 53 talabasini tegishli kurs yoki dasturda ko’zlangan oʻquv natijalarini umumiy terminlar bilan ifodalashdir. 24 To‘g‘ri kasb tanlash uchun shaxs avvalo o‘zining ichki imkoniyatlari, iqtidorini bilishi shart. Shunga ko‘ra, u bilimlar majmuini egallashga kirishadi. Bilimlari asosida malaka hosil qilish yo‘llarini aniq belgilaydi, ish-faoliyat jarayonida zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lib boradi. Ish mobaynida o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlarini o‘zi nazorat qilib, o‘z ustida ishlashning mustaqil dasturini ishlab chiqa oladi. Aytish lozimki, professional uchun bu uzluksiz jarayon bo‘lib, u o‘zi tanlagan kasbining qirralari muttasil ravishda o‘zlashtirgan sari, unga chuqur kirib boraveradi. O‘z ustida igshlashdan toliqmaydi. Bu jarayon “Men” konsepsiyasidagi o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘z ustida tinimsiz ishlash, o‘zini o‘zi namoyon etish, muvofiqlashtirish, takomillashtirish, monitoring qilish kabi qator shaxsiy sifatlar bilan bog‘liq. O‘z ichki dunyosiga kira olish, uni anglash, tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarish – komillikning muhim mezonlaridandir. Kasbiy mahoratda bu sifat birlamchi rollardan birini o‘ynaydi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling