Boshliq, ustoz ayrim mamlakatlarda


Download 19.06 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi19.06 Kb.
#1332180
TuriReferat
Bog'liq
Glossary


Kurs ishi — oliy oʻquv yurtlari talabalari tomonidan oʻquv rejasidagi umumkasbiy va maxsus fanlar boʻyicha bajariladigan mustaqil ish. Kurs ishi professional oʻqituvchilar rahbarligida talabalarda toʻplangan nazariy bilimdan muayyan masalani yechishda mustaqil foydalanish koʻnikmasini yoki mavzuni chuqur oʻrganish maqsadida bajari-ladi. K.ye, odatda, quyi kurslarda referativ (qarang Referat), yuqori kurslarda grafikaviy-hisoblash ishlari sifatida oʻtkaziladi. Kurs ishi mavzui oliy oʻquv yurtlari kafedralarida ishlab chiqiladi va himoya qilinadi.[1]
Diplom ishi — Oʻzbekistan Respublikasida oliy oʻquv yurtlari va oʻrta kasb-hunar oʻquv yurt (kasb-hunar kollej)larini bitiruvchilarning oʻquv tadqiqot xarakteridagi yakunlovchi ishi. D. i.da talaba (oʻquvchi) oʻzi tanlagan mutaxassisligidan oliy oʻquv yurtining muayyan kafedrasi yoki kasb-hunar oʻquv yurti tomonidan tasdiqlangan mavzuni mustaqil tadqiq etadi.
Magistr (lot. magister - boshliq, ustoz) — ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori oʻrtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy taʼlim kursidan soʻng qoʻshimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi.
Magistratura (lot. magistratus — boshliq) — 1) Qad. Rimda davlat lavozimi; 2) ayrim davlatlarda sud mahkamalari tizimi; 3) koʻp davlatlarda oliy taʼlim bosqichi; 4) Oʻzbekistonda aniq mutaxassislik boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida taʼlim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy taʼlim.
Darslik — muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. D.lar 2 asosiy guruhga boʻlinadi: oʻquvchilar uchun D.lar va talabalar uchun D.lar. Oʻzbekistonda oʻquvchilar uchun moʻljallangan D.lardan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, maxsus taʼlim maktablari va maxsus internat maktablarning oʻquvchilari; talabalar uchun nashr etilgan D.lardan oliy oʻquv yurtlari talabalari mustaqil hamda oʻqituvchilar rahbarligida foydalanadilar.
Гурух – одамларнинг биргаликдаги фаолият мазмуни ёки мулоқотда бўлиш характери каби қатор белгиларига асосланган ижтимоий жамоа.
Методология – тадқиқот, текшириш усули бўлиб, билишнинг назарий ва амалий ўзлаштириш усуллари йиғиндисидир.
Metodik tahlil – o‘qituvchining dars jarayonida qo‘llagan usullarining maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va o‘ziga xos xususiyatlariga qarab belgilanadi. O‘quv materiallarini o‘quvchilarga bayon qilish va tushuntirish jarayonida qo‘llanilgan usullarning shu materialga mosligi yoki mos emasligi metodik tahlil davomida aniqlanadi.

Didaktik tahlil – ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlar va qoidalarning darsda qanchalik to‘g‘ri hamda mukammal bajarilganini tahlil qilish demakdir.
Umumiy pedagogik tahlil – darsdagi hamma jihatlarining qisqa va engil ko‘rinishidagi tahlildir.
Download 19.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling