Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
4.
“Men” obrazi va konsepsiyasining shakllanishi hamda o‘zini - o‘zi baholashi mexanizmlari. 46 Hamma bir xil usul bilan oʻrganmaydi, yoki hamma turdagi materiallar bilan teng emas. Intizom va oʻrganilayotgan materiallar darajasi ta’sir koʻrsatadi. Oʻqitish va oʻqish orasidagi bogʻliqliklar haqida bilimimiz toʻliq emas balki, ikki tomonning munosabat va harakatlari natijaga ta’sir qiladi, lekin biz oʻrganish uchun odatda foydali boʻlgan harakat turlari haqida yetarlicha bilamiz. Bu boʻlimda oliy ta’limga tegishli ba’zi muhim oʻqitish teoriyalari tanishtirilgan. Ta’lim tizimida nazariya tushuntirish qudratiga ega boʻlishi mumkin izlanish isbotlaridan kelib chiqqandir; koʻp ta’lim izlanishlari teoriyalarni isbotlash yoki qoralash emas, balki ularni izlanish ma’lumotlaridan kelib chiqib yaratish haqidadir. 18 26-rasm Avstriyalik psixolog Z. Freyd nazariyasiga ko‘ra, o‘z-o‘zini anglash, o‘zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko‘pincha konkret shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni, inson tabiati shundayki, u o‘zidagi o‘sha jamiyat normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» xarakat qiladi, xattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi. Bu ataylab qilinadigan ish bo‘lmay, u xar bir shaxsdagi o‘z shaxsiyatini o‘ziga xos ximoya qilish mexanizmidir. Bunday ximoya mexanizmi shaxsni ko‘pincha turli xil yomon asoratlardan, xissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni aloxida ta’kidlash lozimki, «Men» - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha shaxsni o‘rab turgan tashqi muxit, o‘zgalar va ularning munosabati katta rol o‘ynaydi. Odam o‘zgalarga qarab, go‘yoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning moxiyati - aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya «Men» - obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, ko‘chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o‘z yutuqlaringiz va mashg‘ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo‘lib, uning qaergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. SHu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, xayoli boshqa erda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda «maxmadona, laqmaroq» bo‘lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o‘rtog‘ingiz bilan uchrashganda, oldingi xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun «O‘rtoq, shoshmayapsanmi?» deb so‘rab ham qo‘yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya’ni, suxbatdosh o‘rniga turib, o‘zingizga tashlangan nazar («men unga qanday ko‘rinyapman?») - refleksiyadir. 18 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 8. 47 SHaxsning o‘zi xaqidagi obrazi va o‘z-o‘zini anglashi yosh va jinsiy o‘ziga hoslikka ega. Masalan, o‘ziga nisbatan o‘ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o‘smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo‘ladigan «kattalik» xissi qizlarda ham, o‘smir yigitlarda xam nafaqat o‘ziga, balki o‘zgalar bilan bo‘ladigan munosabatlarini xam belgilaydi. «Men» - obrazining yaxshi va ijobiy bo‘lishi ayollik sifatlarini o‘zida mujassam eta olishi, ayollik hislatlarining o‘zida ayni paytda mavjudligiga bog‘liq bo‘lsa, yigitlardagi obraz ko‘proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog‘li uyg‘un ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun xam o‘smirlikda o‘g‘il bolalardagi bo‘yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» - obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Ayollarda tashqi tarafdan go‘zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor-yo‘qligiga bog‘liq holda «Men» obrazi mazmunan idrok qilinadi. Ayollarda ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo‘lgan ayrim toshmalar yoki shunga o‘xshash fiziologik nuqsonlar kuchli salbiy emotsiyalarga sabab bo‘lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o‘ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling