Mustaqil ish mavzu: Sunniy intelekt va sunniy intelkda mashinaning o’rni Gurux: 711-19 Bajardi


Download 344.86 Kb.
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi344.86 Kb.
#1250531
  1   2
Bog'liq
Inomjonov Islom


-



MUSTAQIL ISH
Mavzu:
Sunniy intelekt va sunniy intelkda mashinaning o’rni
Gurux: 711-19
Bajardi: Inomjonov Islom


Reja :

1. Ekspert tizimlari


2. Sun’iy intellekt tizimlarini afzallik va kamchiliklari
3. Sun'iy intellekt va mashinang o’rni
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbaalar


Ekspert tizimlari
Zamonaviy jamiyatda tobora o'sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli-tumanligi, kompyuterda echiladigan masalalarning murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo’ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHMga o’tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani echish yo’llaridan biri – bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert o'zidan kelib chiqib chiqib sharoitni tahlil qiladi va nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo’llardan voz kechgan holda qaror qabul qilish eng maqbul yo’llarini vujudga keltiradi.
Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi.
Ekspert tizimi — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi. Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan. Ekspert tizimlari (intellektual komponentli axborot tizimi) EHMda ma’lumotlar bazasidan tashqari yana ikkita — bilimlar va maqsadlar bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi.
Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo‘yicha mutaxassislar tajribasi va bilimini to‘plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi.
Ekspert tizimlaridan kompyuterda o‘rnatilgan ma’lum dastur (maxsus interfeys)yordamida foydalanish mumkin. Avvalo so‘ralayotgan muammo haqida ma’lumotlarni kiritish, tizim berayotgan savollarga javob berish zarur. Shundan so‘ng ekspert tizim o‘zining ma’lumot va bilimlar bazalarida kerakli ma’lumotlar, sabab-oqibat aloqalarnitopadi, xulosa qilib, foydalanuvchiga uni xabar qiladi. Ma’lumot va bilimlar bazalari oldingi tajriba, ilmiy tavsiyalar asosida maxsus tanlangan yuqori malakali ekspertlar ko‘magida yaratiladi va keyinchalik to‘ldirib turiladi. Ekspert tizimlar ekspertning o‘rnini bosishi mumkin hamda ma’qul bo‘lgan qaror qabul qilish vaqtini qisqartiradi, shu bilan birga, sun’iy intellekt bilan ishlayotgan shaxs malakasiga talablar ancha susayishi mumkin. Ekspert tizimlar qarorlari to‘liq “ochiqligi” bilan ajralib turadi, ya’ni ekspert tizimdan masala qanday o‘z yechimini topgani haqida izoh so‘rash imkoniyati mavjud. Ma’lumotlarni qayta ishlashning ekspert tizimlari an’anaviy tizimlardan asosan ularni taqdim qilishda belgili (sonli emas) hamda qarorni evristik izlash (ma’lum algoritmning bajarilishi emas) usullarini ishlatishi bilan ajralib turadi. Ekspert tizim tuzilmasi. Ma’lumotlar bazasi ekspert tizimning muhim qismi hisoblanadi, unda ma’lum tartibda yoki tartibsiz tarzda mantiqiy chiqarish mashinasi ishlashi uchun kerak bo‘lgan bilimlar saqlanadi. Bilimlar bazasini to‘ldirish – eng murakkab funksiyalardan biri bo‘lib, u bilimlarni tanlash, ularni rasmiylashtirishva talqin qilish bilan bog‘liqdir.
Bilimlarni muammoli masalalar (muammoli muhit) o‘ziga xosligidan hamda foydalanuvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Tuzilmalashtirish ekspert tizimining arxitekturasi, shakli va muloqot tili bilan bog‘liqdir. Bilimlarni izohlanadigan (predmetli, boshqaruv va tasavvur haqida bilimlar, umuman interpretator deb atalmish mashinaning hisoblash bloki izohlaydigan barcha bilimlar) va izohlanmaydigan (ular o‘z o‘rnida, yordamchilarga, ya’ni muloqot tili leksikasi va grammatikasi, diallog tuzilmasi va qo‘llab-quvvatlovchilarga, o‘z navbatida,ular texnologiklarga – muallif haqida ma’lumotlar, ularni kiritish sanasiga bo‘linadi va semantik, ya’ni ularning mo‘ljallanishi, ishlatish usuli va beradigan samarasi haqida ma’lumotlar)ga bo‘lish foydadan xoli emas. Izohlanadigan predmet bilimlari – bu tavsiflovchi (qo‘llanish sohasi, predmet bilimlarida aniqlik darajasi) va predmet bilimlarning o‘zidir (bu dalillar – predmet sohasining mazmuni va tavsiflari hamda ishlov berish tadbirlarini ifodalovchi ijro etiladigan tasdiqlar). Boshqaruv bilimlari (to‘plovchi – obyektlar yoki gipotezalarni tekshirishda foydalanish mumkin bo‘lgan qoidalar va hal qiluvchi – strategiya va evristikalarni tanlash uchun, bunda birinchi variantda ishchi xotira qismlariga, ikkinchisida – bilimlar bazasining qoidalariga tegishli) va tasavvur haqida bilimlar (ma’lumotlar bazasida tasavvur qilish darajalari va ishchi xotiradagi tafsilotlari bo‘yicha bilimlarni tashkil etish uchun) mavjud. Tasavvur haqidagi bilimlar ba’zan metabilimlar deb ham ataladi. Ekspert tizimini yaratish tamoyillari. Ekspert tizimini yaratishda “tez prototip” deb atalmish konsepsiya bo‘yicha ish ko‘riladi. Mazkur konsepsiyaga binoan tugallangan tizim yaratishga birdaniga urinish kerak emas, faqat uning prototipini oqilona qurish lozim. Bunda prototip quyidagi talablarga javob berishi kerak: ilovaning tipik (odatiy) masalalarini yechishga, bunda ularni ishlab chiqish vaqti va qiyinchiligi unchalik katta bo‘lishi kerak emas. Bu bilimlarni to‘plash va tartibga solish (ekspert tomonidan) jarayonlarini dasturiy vositalar (ishlanmalar) tanlash jarayoni bilan (dasturchi va bilimlar bo‘yicha muhandis) sinxronlash kerak. Muvaffaqiyatsizlikda umuman yangi prototip ishlanmasi talab etilishi yoki ishlab chiqaruvchilar ushbu ilovaga ekspert tizimining mutlaqo to‘g‘ri kelmasligi haqida xulosaga kelishlari mumkin. Prototipni, ya’ni tizimning qisqartirilgan versiyasini bir necha qoida, tasavvur va misollar yordamida tuzish mumkin. Keyin esa muammoni identifikatsiya qilish, bilimlarni olish, bilimlar maydonini tuzish (shakllantirish), rasmiylashtirish (bilimlarni taqdim etish tilidagi bilimlar bazasi), prototipni amalga oshirish va test o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Tijorat bosqichida namoyish qilish, tadqiqot va harakat prototiplari ko‘zda tutilib, ular ketmaketo‘tkaziladi.Sanoat va tijorat prototiplari faqatgina oldingi uchtasidan keyin paydo bo‘lishi mumkin.
Ekspert tizimi: interpretator (masalani yechadi);
Ekspert tizimida asosiy 3 ta blok bor bular:
Bilimlarni o‘zlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishini, bilim va ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi. Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar mantiqini yuzaga keltiradi. Unchalik ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar bilan ishlash chog‘ida noaniq mantiq, zaif ishonch yuzaga keladi.
Tushuntirish foydalanuvchining (izohlash) texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish ketma­ketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi.
Ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari asosiy komponentalari:
Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va axborot kiritish hamda uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydalaniladi.
Bilimlar ombori. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy bog‘liqni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma­ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi. Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish.

Dinamik ET arxitekturasiga qo‘shimcha qilib ikki tarkibiy qism kiritiladi: tashqi atrofni modellashtirish kichik tizimi hamda tashqi atrof bilan bog‘lovchi kichik tizim. Oxirgi kichik tizim tashqi muhit bilan sensorlar va kontrollerlar tizimi orqali aloqa o‘rnatadi. Ekspert tizimni yaratish tadbirida ekspertlar guruhi tizim yaratilishi kerak bo‘lgan vaziyatni tahlil qilib chiqadi. Keyin ular tomonidan shunga o‘xshash muammolarni hal etish qoidalari ishlab chiqiladi. Qoidalar bilimlar bazasida joylashtiriladi. Mantiqiy xulosa chiqarish mexanizmi loyihalashtirilib, u qanday qoidalar qaysi tartibda berilgan masalalar sinfi yechimi uchun qo‘llanilanishini aniqlaydi. Umuman olganda, foydalanuvchidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun interfaol rejimni nazoratda tutish lozim bo‘ladi. Ekspertlar bilimlarni (ma’lumotlar va qoidalarni) aniqlab, ularning to‘g‘riligi va to‘laligini ta’minlaydi. Bilimlar bo‘yicha muhandis (kognitolog, muhandis–interpretator,tahlilchi): – ET ishlashi uchun zarur bilimlarni tuzadi; – bilimlar vositalari va ularni taqdim etish usulini amalga oshiradi; – bilimlarning mazkur predmet sohasiga mos keladigan standart funksiyalarini ajratadi va dasturlaydi (an’anaviy vositalar yordamida). Dasturchilar dasturiy ta’minotning asosiy komponentlarini ishlab chiqib, uni foydalaniladigan muhit bilan bog‘lanishini amalga oshiradilar. Bajarish bosqichlari:
1. Identifikatsiya (funksiyalar, maqsadlar, ekspertlar va foydalanuvchilar turlari).
2. Konseptuallashtirish(muammoli soha, tushunchalar o‘zaro bog‘liqligi, masalalar yechish usullarini tahlil qilish).
3. Rasmiylashtirish (intellektual tarmoqni, bilimlarni namoyish etish usullarini tanlash, tushunchalarni rasmiylashtirish, bilimlarni izohlash, tizimni modellashtirish, maqsad, yechish usullari, namoyish qilish va bilimlarni ishlatish usullariga muvofiqligini baholash). 4. Bajarish (bilimlarni tashkil etish va tuzilmalashtirish, bilimlarni tizimga tushunarli holda taqdim etish).
5. Test o‘tkazish.
6. Sinov tarzida foydalanish. Bilimlarni namoyish etish va yechish usullari. Ekspert tizimlarda o‘ziga xos rasmiylashtirilgan til ishlatiladi, unda rasmiylashtirilgan bilimlar maydonini tashkil qiluvchi qoidalar va dallilar ifodalanadi. Predikatlar mantiqi – bu tabiiy tildan tanlab olish (kichik ko‘plik) hamda ularni rasmiy noaniq tushunchalarni va amaliyotlarni chetlab o‘tadigan mantiq qoidalariga o‘xshash o‘zgartirish qoidalaridir. Predikatlar – rasmiy mashina tilidagi gaplarning analoglaridir. Til (kommunikatsiya vositasi) quyidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi:
1. Grammatik (til shakllarini belgilaydi). Belgilar to‘plami (alfavit, tinish belgilari va boshqalar), so‘zlarni belgi ketma-ketliklari (morfemalar), gap yasalishining grammatik qoidalari (sintaksis) orqali ta’riflash.
2. Semantik (ma’noni aniqlaydi). So‘zlar va ifodalar quyidagilarni aniqlaydi: hodisalar mohiyati, ular ustidagi amallarni. Agar gap dunyoni to‘g‘ri tavsiflasa, u holda gap to‘g‘ri, aks holda – gap noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu xususiyat til semantikasini aniqlaydi. Bunday rost va yolg‘on gaplar to‘plamining muvofiqligi munosabati – bu izohlashdir.
3. Rasmiy amallar orasidagi o‘zaro munosabatlar. Gaplar to‘plamidan semantik (masalan, haqiqiy til vositalari yordamida) va rasmiy nuqtai nazardan xulosa chiqarish (chiqarish amali) mumkin. Ekspert tizimining mantiqiy chiqarish tizimida ikkala xulosa bir biriga to‘g‘ri kelishi kerak. Bilimlar maydonini shakllantirishda tasavvur etishning deklarativ tizimlaridan foydalanish mumkin, ular kelajakda uning qo‘llanilishidan qat’iy nazar bilimni darak gap shaklida ifodalaydi. Bilim tartibsiz shaklda to‘ldirib boriladi, butunlay modul tuzilma (dalillar tizimi orqali modullar–alohida bilimlar o‘rtasidagi aloqa)ga ega bo‘ladi. Deklarativ ta’riflar munosabatlarni semantik axborot yordamida ifodalaydi. Axborotga kirish huquqi cheklangan unifikatsiya yordamida amalga oshiriladi, bu esa timsol bilan qiyoslash hamda keyinchalik filtrlashni bildiradi. Boshqarish tuzilmasi ixtiyoriy tartibda kiritilishi mumkin bo‘lgan produksion qoidalar shaklida kiritiladigan axborotdan ajratilgan. Produksion qoidalar bu yerda sillogizmlarga o‘xshash, chiqarish usuli – modus ponens (p va p⊃q dan q kelib chiqadi), teorema, chap qismi – vaziyat, o‘ng qismi – vaziyat paydo bo‘lganda qilinadigan amaldir. Ekspert tizimida dinamik bilimlar bazasi – bu to‘ldirib borilayotgan produksion qoidalar to‘plami, ishchi maydon – bu dalillar bazasi. Dinamik bilimlar bazasi (produksion qoidalar shaklidagi o‘zgarish operatorlari) – bu uzoq muddatli xotira analogi. Ishchi maydonda funksiyalar, mashina belgilagan dilillar shakllantiriladi – bu qisqa muddatli xotira analogidir. Interpretator qoidalarning bajarilish tartibini belgilab beradi. Ko‘pincha taxmin qilinayotganxulosadan (chiqish) dalillarga teskari harakat amalga oshiriladi, bu esa tizimni kombinator portlashdan (bo‘g‘inlar sonining ko‘payib ketishidan) saqlaydi, ammo dalillardan xulosaga bo‘lgan variantlar ham mavjud. Sun’iy intellekt tizimlari (SIT)ni ishlab chiqaruvchi firmalarga tijorat sohasidagi muvaffaqiyatlar birdaniga kelmadi.1960–1985 yillar oralig‘ida sun’iy intellekt tizimlari asosan ilgarilab boruvchi tadqiqot ishlanmalari ko‘rinishida bo‘lgan. Ishlanmalar xususiy muvaffaqiyatlarining juda ko‘p miqdorda namoyish etilishi asta-sekin davlat amaldorlari va sarmoyadorlar e’tiborini o‘ziga tortdi. Ekspert tizimlar va neyron tarmoqlarshaklidagi sun’iy intellekt tizimlarining tarqalishi va tijorat maqsadlarda foydalanilishiga ularning quyidagi xususiyatlari sabab bo‘ldi: – bu tizimlarning dasturiy ta’minoti umumiy foydalanishdagi dasturiy vositalarga osongina moslashishi; – zamonaviy tizimlarning asbob-uskunalari standart ko‘rinishda qo‘llanilishi; – sun’iy intellekt tizimlarining dasturiy amalga oshirilishini oddiy kompyuterlar o‘rniga quvvatliroq ishchi stansiyalarda foydalanish imkoni; – an’anaviy dasturlash tillariga moslashtirilgan ekspert tizimlari qobiqlarining muvaffaqiyatli ishlab chiqilishi; – har xil masalalar sinflari uchun neyron tizimlarining ishiga o‘xshash dasturlar kutubxonlarining yaratilishi. Shuningdek, mijoz-server arxitekturalarida yoki tarmoq tuzilmalarida taqsimlanganoperatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan sun’iy intellekt tizimlari ishlab chiqilgan edi, bu esa ilovalarda foydalaniladigan asbob-uskunalarning narxini
pasaytirishga hamda ularning umumiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va markazlashtirilmasligiga imkon berdi. Sun’iy intellekt tizimlarini rivojlantirish va tijoriy amalga oshirish yo‘nalishlari. Ko‘p sonli ekspert tizimlarining ishlanmalari hech qiyinchiliksiz ma’lum turdagi sun’iy intellekt tizimlarini butun bir amaliy masalalarning to‘plamida qo‘llash uchun zarur o‘xshashlarini topish imkonini beradi. Shuningdek, foydalanuvchilarning tavsif va tavsiyalari bo‘lgan ko‘pgina amaliy masalalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan juda ko‘p miqdorda neyron tarmoq variantlari (neyron tarmoqlar kutubxonalari)yaratilgan. Bunday tarmoqlardan foydalanish tajribasi mutaxassislarga mavjud neyron tarmoqlar ichidan aniq bir muammolarni hal qilishga qodir yoki hal etishda yordam beradiganlarini tanlash imkonini beradi.
Sun’iy intellekt tizimlarini afzallik va kamchiliklari
Birinchi plyus ishlab chiqarish omilidir. Bugungi kunda insonning mavjudligi juda zarur, u bajarilgan ishlarning sifatini baholaydi va texnik nosozliklarni bartaraf etadi. Kelajakda sun'iy aql butun zanjirni o'zi boshqaradi. Taxminlarga ko'ra, u buni o'z yaratuvchisidan ko'ra kattaroq tartibda bajaradi.
Ikkinchisi - tadqiqot. Kosmik fazoni, okean va erning tubini o'rganish yanada xavfsizroq bo'ladi, qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Odam o'tmagan joyda, mashina yengib chiqadi. Uchinchisi - tibbiyot. Diagnostika, jarrohlik, reabilitatsiya, implantlar.
Kamchiliklardan quyidagini ajratishimiz mumkin: Asosiysi, odamni mashinalarga almashtirish, bu aholining ommaviy ishsizligiga olib keladi. Millionlab, milliardlab ishsizlar bilan nima qilish kerak? Savol hali ham ochiq.
Ikkinchisi - jahon axborot va ishlab chiqarish tarmoqlari ishidagi uzilishlar. Bu sayyora miqyosida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 2003 yilda Kanadada energiya ta'minoti tizimida nosozliklar mavjud edi. Nyu-York, Detroyt, Toronto, Monreal, Ottava elektrsiz qoldi. Yo'llarda tiqilinch, yuz minglab odamlar metroda qulflanishmoqda, talon-taroj qilish faktlari, qurbonlar, jahon neft birjalarida tebranishlar. Mana, bunday yoqimsiz qo'ng'iroq. Sabablari boshqacha aytilgan. Chaqmoq chaqib, atom elektr stantsiyalaridagi nosozliklar, ammo haqiqat saqlanib qolmoqda. Ellik million kishi bir necha soat davomida yorug'liksiz qolishdi va bu vahima va sarosimaga olib keldi. Ba'zilar yo'qolgan bolalar kabi harakat qilishdi, boshqalari - hayvonlardan ham battar. Dunyo juda nozik, insoniyatning tsivilizatsiya hujumi juda nozikdir.
Uchinchisi, uchqun orqali sayyoradagi hokimiyatni egallab olish, odamlarni qul qilish yoki butunlay yo'q qilish. Bugungi kunda bunday stsenariy faqat ilmiy-fantastik filmlar va kitoblarda ko'rib chiqilmoqda. Ammo insoniyat ertakni birinchi marta amalga oshirayotgani emas. Va albatta, baxtli yakun bilan ertak emas.
Biz inson dahosiga va yuqori texnologiyalar va insoniy g'oyalar dunyosidagi yangi nomlarga ishonamiz. Sivilizatsiya bir necha bor bir necha marotaba cho'qqiga chiqdi, ammo har safar odamlar rivojlangan, nostandart fikrlar bilan paydo bo'lib, ularni tubsizlikka tushishlariga yo'l qo'ymaydi.
Sun'iy intellekt va inson ongining SWOT taxlili

Strengths (

Download 344.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling