Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


To’liq emaslik, qadrsizlanish va uning o’rnini to’ldirish hissi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

To’liq emaslik, qadrsizlanish va uning o’rnini to’ldirish hissi.
Qadrsizlanish hissi - bu hissiyot o’z ijtimoiy yoki psixologik kambag’alligini 
boshdan kechirish bilan bog’liq yuzaga keladi. U hamma hayot sohasida yetuk 
emasligidan yoki aybdorligini his qilishdan kelib chiqadi. Odamlarning 
qilayotgan ishlari asosan ana shu asosda yuzaga keladi va bu hissiyotdan chiqib 
ketish uchun afzallikka intiladilar. Shuni aytish kerakki, u to’liq emaslik 
hisoblanmaydi. Uning teskarisi, u insonni mukammallikga intilishining 
sababchisi hisoblanadi. Shu bilan birga ma’lum holatlarda (masalan, noto’g’ri 
tarbiyalanganda) to’liqmaslik yuqori darajaga ko’tarilishi mumkin. Bu holatda 
to’liq emasligi shakllanganligi haqida gapiriladi. Adler yoshlikda 3 ta azoblanish 
his qilinishi to’liq emaslik kompleksini yuzaga keltiradi: organizmning to’liq 
emasligi; haddan tashqari homiylik; ota-ona tomonidan yuz o’girish. 
To’liqsizlikni o’rnini bosish odamning to’liq bo’lmagan sohasini yoki boshqa 
sohani rivojlantirishga bo’lgan intilishini yuzaga keltiradi.
Ijtimoiy qiziqish yoki umumiylik
- bu guruh bilan chiqishish yoki yaxshi 
muomalada bo’lishni yuzaga keltirish. Bunda odamning o’z shaxsiy 
qiziqishlarini, ijtimoiy foydali umumiy qiziqishlariga bo’ysundirishi hisoblanadi. 
Ijtimoiy qiziqish asosan tug’ma bo’ladi, chunki odamlar o’z tabiatlariga ko’ra 
ijtimoiy mavjudotdir. Biroq har doim ham u yuzaga kelavermaydi, buning uchun 
ma’lum tayyorgarlik kerak. Bunda tashqi muhit va ta’lim tarbiya muhim rol 
o’ynaydi.
 
Hayot uslubi. 
Hamma odamlar umumiy, asosiy, bazaviy maqsadga 
erishishga intiladilar, ammo unga erishish yo’llari turlichadir. Hayotiy uslub o’z 
ichiga o’ziga xos tomonlarni, xulq-atvor usullarini, odatlarini birlashtirib, 
individning qaytarilmasligini aniqlovchi xususiyatdir. Bir odam o’z aqliy 
xususiyatlarini rivojlantirish bilan, boshqasi jismoniy yetukligi bilan afzallikka 
erishishga intiladi. Adler aytishicha, hayotiy uslub yoshlikda, taxminan 5 
yoshlargacha shakllanadi, kelgusida ba’zi o’zgarishlar ro’y beradi. Hayotiy yo’l - 


45
aniq to’liqsizlikning o’rnini bosishdan iboratdir. Uning asosida bizning 
intilishimiz, yo’nalishimiz yotadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling