Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Sotsiogenetik nazariyaga
binoan, shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar 
jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan 
odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. 
Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning 
ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
Psixologiyada 
psixogenetik yondashish
ham mavjud bo’lib, u psixik 
jarayonlar taraqqiyotining birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Ushbu 
yondashishning uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki 
ularning har biri o’z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o’zaro 
tafovutlanadi.
G’arbiy Yevropaning eng muhim nazariyalaridan biri - bu 
rollar 
nazariyasidir
. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o’zining har bir 


42
a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror 
usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan 
maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatida, o’zgalar bilan munosabat, 
muloqot o’rnatishida sezilarli iz qoldiradi.
AQShda keng tarqalgan nazariyalardan biri - bu 
individual tajriba
nazariyasidir.
Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka 
nisbatan 
munosabati ko’pincha ko’nikmalarni egallash va bilimlarni 
o’zlashtirishning samarasi qo’zg’atuvchini uzluksiz ravishda mustahkamlanib 
borishning mahsulidir. (E.Torndayk, B.Skinner va h.).
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan 
«fazoviy zarurat maydoni» 
nazariyasi
psixologiya fani uchun muhim ahamiyat kasb etadi. K.Levinning 
nazariyasiga ko’ra individning xulqi psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq, 
intilish, maqsadlar, niyatlar bilan boshqarilib turiladi va ular fazoviy zarurat 
maydonining ko’lami va tayanch nuqtasiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Psixologiyada hozirgi kunga qadar yagona umumiy qabul qilingan shaxs 
nazariyasi yo’q, ammo turlicha shaxs konsepsiyasi va modellari mavjud.
Shulardan biri, psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi 
Zigmund Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini topgan

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling