42
a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror
usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan
maxsus rollari shaxsning
xulq-atvor xususiyatida, o’zgalar bilan munosabat,
muloqot o’rnatishida sezilarli iz qoldiradi.
AQShda keng tarqalgan
nazariyalardan biri - bu
individual tajriba
nazariyasidir.
Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka
nisbatan
munosabati ko’pincha ko’nikmalarni
egallash va bilimlarni
o’zlashtirishning samarasi qo’zg’atuvchini uzluksiz ravishda mustahkamlanib
borishning mahsulidir. (E.Torndayk, B.Skinner va h.).
K.Levin
tomonidan tavsiya qilingan
«fazoviy zarurat maydoni»
nazariyasi
psixologiya fani uchun muhim ahamiyat kasb etadi. K.Levinning
nazariyasiga ko’ra individning xulqi psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq,
intilish, maqsadlar, niyatlar bilan boshqarilib turiladi
va ular fazoviy zarurat
maydonining ko’lami va tayanch nuqtasiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Psixologiyada hozirgi kunga qadar yagona umumiy qabul qilingan shaxs
nazariyasi yo’q, ammo turlicha shaxs konsepsiyasi va modellari mavjud.
Shulardan biri, psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi
Zigmund Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini topgan
Do'stlaringiz bilan baham: