Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yettinchi davr
- Sakkizinchi davr
Oltinchi davr
- yoshlik boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati va ehtiyoj yuzaga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa, jinsiy mayl alohida o’rin tutadi. Yoshlik tanholikni yoqtirish, odamovilik kabi yoqimsiz xususiyat bilan ham farqlanadi. Yettinchi davr - yetuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida mahsuldorlik tuyg’usi uzluksiz hamroh bo’ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki bo’ladi. Bu davrda ayrim jihatlarda turg’unlik tuyg’usi salbiy xususiyat sifatida hukm surishi mumkin. Sakkizinchi davr - qarilik, inson sifatida o’z burchini uddalay olganligidan, qanoatlanish xususiyatlari mavjud. Salbiy xususiyat sifatida hayot faoliyatidan ko’ngil sovish, noumidlikni aytish mumkin. Eng muhim jihati esa donolik, soflik, gunohlardan forig’ bo’lish har bir holatga shaxsiy va umumiy nuqtai nazardan qarash. E.Erikson konsepsiyasiga ko’ra, shaxs shakllanishida ushbu bosqichlarni birma-bir bosib o’tadi va har bir bosqichda insonning ichki dunyosida sifat o’zgarishlar, atrofdagi kishilarga bo’lgan munosabatlarida esa radikal (keskin) o’zgarishlar ro’y beradi. Britaniya Professional Standartlari Tuzilishi (The UK Professional Standards Framework) 2006-yil Oliy Ta’lim Akademiyasi(Higher Education Academy) tomonidan tuzilgan. Uning yaratilishida turli Britaniya universitetlari, ko’plab konsultatsiyalar va turli fond kengashi takliflari o’z hissasini qo’shgan. Britaniya Professional Standartlari Tuzilishi(The UK Professional Standards Framework) standartlari yozma shaklda tuzilib, ularning oliy ta’lim tizimidagi barcha fanlarga va universitetlarga taalluqli ekanligi ko’rsatilgan. Britaniyaning dastlabki akademiklari uchun UKPS(The UK Professional Standards Framework) katta ahamiyat kasb etgan. Chunki UKPS o’qitish, ta’lim olish va pedagogika yo’nalishlaridagi malaka oshirish dasturlarini asosini tashkil etadi. Mazkur standartlar(28.1A-jadval) uchta umumiy izoh ko’rinishida tuzilgan. Ushbu standartlarni namoyish qilish uchun shaxs ma’lum kasb sohalarida yutuqlarini, chuqur bilim va ish talablariga javob berishini ko’rsatishi kerak. 16 16 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 470. 40 Har bir odam hayoti mobaynida xaddan ziyod ko‘p turli rollarni bajaradiki, ularning barchasi uning ijtimoiylashuv tajribasida munosib iz qoldiradi. Shuning uchun ushbu jarayonda har bir odam o‘zining jamiyatda o‘rnini topishga intiladi va samarasiga ko‘ra u yoki bu mavqega erishadi. Aslini olganda ijtimoiylashuvning har bir bosqichida shaxs o‘zining “Men”ini tobora anglab, unga kerakli tuzatishlar kiritib boradi. Agar shaxsiy tajriba ijobiy bo‘lib, odam ko‘rgan-kechirganlaridan yaxshi va to‘g‘ri xulosalar chiqarib, to‘g‘ri turmush tarzini shakllantira olsa, uning odamlar orasida obro‘si yuqori, aks holda shaxs degradatsiyasi, xulqdagi deprivatsiyalar haqida xulosa chiqariladi. Kundalik hayotda oddiy muammolardan tortib murakkab aqliy topqirlik talab qiladigan masalalarda ham tafakkur, fikrlash faoliyatining o‘rni muhim hisoblanadi. Masalan, qanday qilib do‘stlashish, notanish kishining yuz ifodasidan fikrini uqish, mo‘ljallangan manzilga qayta yo‘l topish, muammoning mohiyatini ochish, masala echish insondan turli xil tafakkurni talab qiladi. 17 Jahon psixologiyasida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha qarashlar va muammo mohiyatini yoritishda o’ziga hos yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik kabilarni kiritish mumkin. Quyida sanab o’tilgan nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari tomonidan shaxsni rivojlantirishning prinsiplariga to’xtalib o’tamiz. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling