Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Freydning psixodinamik nazariyasi
shaxs faolligi haqidagi
konsepsiyasidir. Z.Freydga ko’ra shaxs 3 ta tuzilish komponentlari asosida shakllanadi: id (u), ego(men), superego (mendan yuqori). id qatlami - bu shaxsning instinktiv yadrosi. Id qatlamida kuchli instinktlar o’zlarining namoyon bo’lishini talab qiladilar va shaxsning xulq-atvorini belgilaydilar. Freydning psixodinamik nazariyasida ikki hil instinktlar - seksual instinkt va buzg’unchi instinktlar ajratiladi. Insondagi agressiv xulq-atvor bu konsepsiyada xulq-atvorning instinktiv shakli deb qaraladi; ego qatlami - shaxsning ongli, maqsadga muvofiq qatlami. Ego id qatlami bilan doimo o’zaro ta’sirda bo’ladi, u ikkita asosiy qo’rqinchli instinktni yuzaga kelishini oldini olishga intiladi. Maqsadga muvofiq ongli qatlam shaxs uchun shunday faoliyat programmasini ishlab chiqadiki, u shaxsning xulq-atvorini belgilaydi. Freydning psixodinamik nazariyasiga ko’ra insondagi agressiv xulqatvor bu konsepsiyada xulq- atvorning instinktiv shakli deb qaraladi. Unda bir tomondan, idning talablari qondiriladigan bo’lsa, boshqa tomondan tashqi dunyo talablari va odamning o’z ongi talablari qondiriladi. Ego qatlamining mavjudligi haqiqiy prinsiplarni belgilaydi; superego qatlami - ma’naviy «men» sohasidir, unda jamiyat tomonidan qabul qilingan qoidalar, qadriyatlar, axloqiy tasavvurlar o’z ifodasini topadi. Bu soha ijtimoiylashuv jarayonida shakllanadi va yuzaga keladi. Superego instinktiv bo’lmasligiga qaramay, idga o’xshab, maqsadli ego bilan qarama-qarshi bo’ladi. Superego egoni haqiqiy maqsadga qaraganda ideal maqsadning ustunligiga ishontirmoqchi bo’ladi. Freydning bu konsepsiyasini qo’llab- quvvatlaydilar, ammo unga qarshilar ham ko’p. Bundan tashqari Z.Freyd shaxsdagi qo’rquv, ya’ni fobiya - yashirin xavotirlilikni nazorat qilish uchun insonning siqib chiqarish va ko’chirish himoya 43 mexanizmidan ortiqcha foydalanishi natijasidir, degan g’oyani ilgari suradi. Bunday insonlar ko’pincha qo’rquv va xavotirlikni keltirib chiqaruvchi signallarni ong ostiga siqib chiqarishadi va nazorat qilish oson bo’lgan neytral obyekt yoki vaziyatga nisbatan mavjud qo’rquvlar bilan aralashtirib yuborishadi. Z.Freydning psixoanaliz ta’limotiga ko’ra nazorat qilinmaydigan, avtomatik tarzda vahima bilan kechadigan qo’rquv shaxs taraqqiyotining ilk, arxaik bosqichini eslatadi. Signal qo’rquvga qobillik esa, aksincha shaxsning ma’lum darajada yetukligini bildiradi. Ayni paytda avtomatik qo’rquv «Men»ni ezib, yanchib, tashlashga qobil bo’lsa, signal qo’rquv «Men»ga xizmat qiladi, uni xavf haqida ogohlantiradi. Xavfdan bunday himoyalanish unga real qarshi turish qobilligidan iborat bo’lishi kerak. Lekin bolalikda hali bunday qobiliyat shakllanmagan bo’ladi. Shuning uchun ham bolalar qo’rquvining keng tarqalganligi tabiiydir. Bolalar «Men»ida afsuski bunday qo’rquvlarga qarshi turishning kerakli xulq usullari yo’q. Zaruratdan kelib chiqib, bola o’zini qo’rquvdan himoya qiladigan psixik mexanizmlarini kashf qiladi. Qo’rquv bir muncha chidasa bo’ladigan darajaga kamayadi. «Men» o’z himoyasi uchun uni orqasiga o’tib berkinsa bo’ladigan o’ziga xos «devor» quradi. Buning uchun himoya «devori» qo’rquvni qaytarishga qobil darajada baquvvat bo’lishi kerak. Xavf esa har doim ham tashqaridan kelavermaydi, u ichki shaxsiy psixik qobiqni ham yorib o’tishi mumkin. Tashqi va ichki xavfdan saqlaydigan himoya devori o’rtasidagi farqni bilish psixoanaliz ta’limotidagi asosiy g’oya edi. Freydning fobiyani yuzaga kelishi borasidagi nazariyasi yillar davomida ilmiy jihatdan qo’llabquvvatlanmadi, zamonaviy psixodinamik, gumanistik, kognitiv va biologik model namoyondalari ham fobiyaning odamlarda yuzaga kelishi borasida aniq bir fikr bildira olmadilar. Ammo bixevioristlarning bu boradagi ishlari ilmiy jihatdan qo’llab-quvvatlandi va hozirgi kunda terapevtik sohada ham katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling