1. Psixodinamik nazariyada bola taraqqiyoti Psixoanalitik nazariya va ta’lim tarbiya


Download 37.58 Kb.
bet1/7
Sana07.11.2023
Hajmi37.58 Kb.
#1753705
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
. Psixodinamik nazariya


Psixodinamik yo'nalishdagi qisqacha tavsifnoma


Reja:

1. Psixodinamik nazariyada bola taraqqiyoti

2. Psixoanalitik nazariya va ta’lim tarbiya



Tayanch tushunchalar: . Psixodinamik nazariya ,psixoznaliz,mayllar psixologiyasi
«Psixoanaliz» uch xil mazmunda qo‘llaniladi:
1) shaxs va psixopatologiya nazariyasi,
2) shaxsga doir buzilishlarni davolash metodi sifatida va
3) individuumning anglanmagan o‘y-fikrlari va tuyg‘ularini o‘rganish metodi sifatida.
Ong darajalari: topografik model.
Freydning topografik modeliga ko‘ra psixik hayotning uch qatlamini farqlash mumkin: ong, ongoldi va ongsizlik (g‘ayrishuuriy).
Freyd ong darajasida insonning ayni damda ro‘y berayotgan sezgilari va kechinmalari qatlamini nazarda tutgan. Uning Fikriga ko‘ra psixik hayotning (o‘y-fikrlar, idrok, tuyg‘ular, xotira) arzimas qismigina anglanishi mumkin. Ayni pallada inson ongida kechayotgan barcha narsalar maxsus saralanishning pirovard natijasidir. Ong miyada saqlanayotgan axborotning kichik foizini tashkil etadi.
Ong oldi sohasi ayni damda anglanilmayotgan biroq inson ozgina harakat qilsa anglanilishi mumkin bo‘lgan hayotiy tajribani qamrab oladi. Ong oldi sohasi psixik olamning anglangan va g‘ayrishuuriy sohalari uzra ko‘prik vazifasini o‘taydi.
Inson psixik olamining eng tub va muhim qismi – gayrishuuriylikdir. G‘ayrishuuriylik inson ongiga tahdid solishi mumkin sanalgan eng sodda instinktiv mayllar, emotsiya va xotiralardan tashkil topgan.
Freyd inson xulq-atvorining muhim jihatlari ongdan tashqarida bo‘lgan impulslar va mayllar tomonidan boshqarilishiga qat’iy ishongan. Mazkur ta’sirlar nainki anglanmaydi, balki anglanilish pallasida yoki xulq-atvorda oshkora namoyon bo‘la boshlashi bilan individuumning shiddatli ichqi qarshiligiga duch keladi. G‘ayrishuuriy kechinmalar, ongoldi kechinmalaridan farqli ravishda, umuman anglanilmaydi, lekin insonlar xatti-harakatini to‘liq belgilaydi. Shunga qaramasdan, g‘ayrishuuriylik sohasiga taalluqli kechinmalar niqoblashtirilgan holda yoki ramziy shakllarda (tushlarda, hayollarda, o‘yin va mehnat faoliyatida) o‘zini namoyon qilishi mumkin.


Download 37.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling