Psixik apparatning tuzilmaviy modeli.
U (ID):
quyi, tug‘ma soha,
lazzatlanish-yoqimsizlik tamoyiliga binoan harakat qiladi, - o‘z impulslarini zudlik bilan va to‘la qondirilishini talab qiladi,
- mantiq, axloq, toqatni tushunmaydi,
- vaqt degan chegarani bilmaydi, ta’limga va nazoratga bo‘yinsunmaydi,
- vujud jihatlari bilan uzviy bog‘liq.
MEN (EGO):
O‘z funksiyalaridan kelib chiqib aniqlanadi (EGO funksiyalaridan):
- idrok (farqlay olish)
- xotira,
- motorika (ixtiyoriy);
- reallik tamoyiliga muvofiq harakat qiladi.
- o‘ylaydigan, rejalashtiruvchi tizim.
- ong sohibi (qisman g‘ayrishuuriy bo‘lsada):
- EGO ning sintetik (uyg‘unlashtiruvchi) funksiyasi namoyon bo‘ladi, qachonki: U (ID):
Super-Ego ta’qiqlariga duch kelganda, o tashqi olam undovlariga uchraganda,
EGO tashqi olam bilan o‘zaro munosabatlarga kirisha olishi uchun u tajriba orttirishi lozim;
«chavandozlik» qiladi,
qo‘rquvni hosil qilish orqali muhofaza qiladi (pirovardida: IDga qarshi yo‘naltirilgan zo‘riqishlarni ma’lum darajada yengillatuvchi himoya mexanizmlari vujudga keladi),
o‘zning himoyasini ta’minlovchi psixika a’zosidir, o «qo‘rquvlar hosil bo‘ladigan joy» (Freyd)
OLIY MEN (Super-Ego):
- oila yoki jamiyatdan kelib chiqadigan barcha motivlar tizimi,
- vijdon (muayyan darajadagi mustaqil o‘lcham),
- chegaralaydi va ta’qib qiladi,
- qo‘rquv uyg‘otuvchi ota-onalarning biri bilan bog‘liq.
Analitik psixologiya: asosiy konsepsiya va prinsiplar.
K.G.Yung psixoanalizni qayta ishlab chiqishi natijasida psixologiya, falsafa, astrologiya, arxeologiya, mifologiya, teologiya va adabiyot kabi bilimlar sohasiga doir murakkab g‘oyalar kompleksi vujudga keldi. Shu bois Yung nazariyasi anglanilishi eng murakkab bo‘lgan psixologik nazariya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |