Arxetip
|
Ta’rif
|
Ramz
|
Anima
|
Erkak shaxsining anglanmagan ayollik jihati
|
Ayol, bibi Maryam, Mona Liza
|
Animus
|
Ayol shaxsining anglanmagan erkaklik jihati
|
Erkak, Iso
alayhissalom,
Don Juan
|
Persona
|
Ilk bolalik daridagi ta’lim-tarbiya natijasida hosil bo‘ladigan va ijtimoiy orziqishlardan kelib chiqadigan odamning ijtimoiy roli
|
Niqob
|
Ko‘lanka
|
Individ ongli tarzda qat’iy namoyon qilayotgan jihatning teskari tarafi
|
Shayton, Gitler, Stalin va h.
|
O‘zlik
|
Shaxs markazini idora qiladigan butunlik va uyg‘unlik ifodasi
|
Mandala
|
Donishmand
|
Hayotiy zakovat va yetuklikning shaxslantirilgan shakli
|
Nabiy
|
Tangri
|
Tashqi olamga ko‘chirilgan psixik voqelikning yakuniy ifodasi
|
Quyosh ko‘zi,
nigohi
|
Yung har bir arxetip obyekt yoki vaziyatga muvofiq muayyan tuyg‘u va fikr ifodasi bilan bog‘liq deb bilgan. Masalan, bola o‘z onasini idrok etar ekan uning tasavvurlari tarbiya, hosildorlik va tobelik kabi arxetipik onalik sifatlari bilan ongsiz ravishda jilolanadi. Yung arxetipik obrazlar va g‘oyalar tushlarda va tasviriy san’at, adabiyot, dinda keng qo‘llaniladigan ramzlarda o‘z ifodasini topadi deb hisoblagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |