Mayllar psixologiyasi / libido (shahvat) nazariyasi (Z.Freyd bo‘yicha)
Mumtoz psixoanalizda inson anglangan va g‘ayrishuuriy xayollarda (fantaziyalarda) ro‘yobga chiqadigan, ilk tajriba doirasida shakllangan ehtiyojlar va xohishlar, mazkur xohishlarning aksariyati noma’qul, - degan nuqtai nazarga binoan ko‘zdan kechiriladi.
Kishilarda ichki ziddiyatlar mavjudligi sababsiz qo‘rquvlar, aybdorlik hissi, o‘ta tortinchoqlik, ichki bosim (siqilishlar) mavjud bo‘lishida, shuningdek turli psixosomatik kasalliklar alomatlarining paydo bo‘lishi, xarakterning patologik chizgilarida - namoyon bo‘ladi.
MEN (EGO) psixologiyasi
Ego-psixologiyada inson - adaptatsiyaga qodirligi, voqelikni to‘g‘ri baholashi, psixologik himoyalarga doir jarayonlar; affektlar, tashqi olam, voqyelik talablari, ehtiyojlarning ichki olamiga murojaat qilish (“nafsni tanish”) - nuqtai nazariga binoan ko‘zdan kechiriladi.
Ushbu nazariyaga aqoidiga ko‘ra adaptatsiya sohasi taraqqiyotiga doir buzilishlar bu «O‘zlikni anglash (Ego) nuqsonlari» sifatida ko‘zdan kechiriladi.
O‘zni tahlil qilish (Autoanaliz)
O‘zni tahlil qilish (autoanaliz) nazariyasiga binoan inson:
subyektiv darajada o‘zini qanday xis qilishi, uzviylik (mayllari, o‘yfikrlari, xatti-harakatlari o‘rtasidagi mushtaraklik), baholovchi mulohazalari, subyektiv xolatlarning o‘zgarishiga bo‘lgan javoblari (reaksiyalari);
refleksiya: o‘ziga-o‘zi tashqaridan qaray olishi;
o‘zlikning ustivor pozitsiyasi; o‘zlikning differensiatsiya darajasi (onadan - onaning anglanmagan xohishlari, mayllari, ta’siridan - kishi o‘zini qay darajada xolis seza olishi);
o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlari yaxlitligi/ fragmentarligi (parchalanganligi), uzluksizligi/uzuq-yuluqligi darajasi, baholovchi mushohadalari - nuqtai nazariga binoan ko‘zdan kechiriladi.
Obyektlarga doir munosabatlar psixologiyasi Obyektlarga doir munosabatlar psixologiyasida inson:
obyektlarga doir munosabatlar nuqtai nazariga binoan (bola tomonidan ushbu munosabatlar avval qay tarzda his etilgani yoki hamon his etilishi, nimalar xotirada saqlanib qolmoqda-yu, nimalar takrorlanishi);
oiladagi fojealarning takrorlanishi (muhabbatga, ustivorlikka intilish) - nuqtai nazariga binoan ko‘zdan kechiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |