1. Psixodinamik nazariyada bola taraqqiyoti Psixoanalitik nazariya va ta’lim tarbiya
Download 37.58 Kb.
|
. Psixodinamik nazariya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxetiplar.
Shaxs tuzilmasi.
Yung qarashiga binoan “ruh” (Yung nazariyasida mazkur termin shaxs tushunchasiga monand) uch alohida, biroq o‘zaro ta’sirga kiruvchi tuzilmalardan tashkil topgan. Bular: ego, shaxsiy g‘ayrishuuriy va jamoaviy g‘ayrishuuriy (Jung, 1931/1969). Ego ong doirasi markazi hisoblanadi. U o‘zimizning bir butunligimiz, barqarorligimiz, o‘zimizni insonday idrok etishimizni ta’minlaydigan o‘y-fikrlar, xotiralar, kechinma va sezgilarimizni qamrab oladigan “psyche”dir. Ego o‘zligimizni anglash asosidir, u tufayli kundalik ongli faoliyatimiz natijalarini ko‘ra olamiz. Shaxsiy g‘ayrishuuriylik qachonlardir anglangan, hozirda bosilgan yoki unutilgan xotira va ziddiyatlardan tashkil topgan. Ularga ongda namoyon bo‘lish uchun zaruriy yorqinlik yetmaydigan hissiy ta’sirotlar taalluqli. Ushbu jihatdan Yung konsepsiyasi Freyd konsepsiyasiga monand. Biroq Yung shaxsiy g‘ayrishuuriylik sirasiga individuum o‘zining o‘tmish shaxsiy tajribasi, urug‘-aymog‘i yoki nasliy tajribasidan kelib chiqqan emotsional shiddatga ega o‘y-fikrlar, tuyg‘ular va xotiralarni qamrab olgan komplekslarga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi (Jung, 1921/1973). Yung tasavvurlariga binoan, oddiy mavzular atrofida yig‘ilgan mazkur komplekslar individuum xulq-atvoriga yetarlicha kuchli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Masalan, hokimiyat kompleksiga ega odam hokimiyat mavzusi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ramziy ma’noda bog‘liq faoliyatga o‘zining psixik energiyasini ko‘p sarflashi mumkin. Qachonlardir shakllangan komplekslar inson xulq va dunyoni anglashiga ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Shaxsiy g‘ayrishuuriylik har birimizda o‘ziga xos, anglash imkoniyati mavjud deb ta’kidlar edi Yung. Pirovardda kompleksning barcha unsurlari yoki uning o‘zi to‘la anglanilishi va individuum hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Va, nihoyat, Yung jamoaviy g‘ayrishuuriylik deb nomlagan, shaxs tuzilmasidagi tub qatlam mavjudligi to‘g‘risidagi fikrni ilgari surgan (Jung, 1936/1969). Jamoa ongsizligi butun odamzot xotirasining yashirin izlarini qamrab oladi. Unda bizning umumiy emotsional o‘tmishimizning natijasi bo‘lgan, odamzotning barchasiga umum o‘y-fikrlar, tuyg‘ular o‘z ifodasini topgan. Yungning o‘zi ta’kidlaganidek, “jamoaviy g‘ayrishuuriylikda har bir individuum miya tuzilmasida qayta jonlangan insoniyat evolyutsiyasining barcha ma’naviy merosi mavjud” (Campbell, 1971). Demakki, jamoaviy g‘ayrishuuriylik mazmuni irsiylik sabab barcha odamzot uchun birdir. Jamoaviylik g‘ayrishuuriylik konsepsiyasi Yung va Freyd o‘rtasidagi asosiy ziddiyat negizi bo‘lganligini alohida ta’kidlash joiz. Arxetiplar. Yung jamoaviy g‘ayrishuuriy shiddatli kuchga ega dastlabki psixik obrazlardan iborat ekanligi to‘g‘risidagi farazni ilgari surgan (Jung, 1968). Arxetiplar — odamlarni voqea va hodisalarni muayyan tarzda idrok etish, his qilish va javob qaytarishga majbur qiladigan tug‘ma tabiatga ega g‘oyalar yoki xotiralardir. Aslida mazkur arxetiplar bizning nazdimizdagi xotira yoki obrazlar emas, balki ular ta’siri ostida odamlar o‘z xulq-atvor modellarida biror obyekt yoki hodisaga nisbatan idrok, tafakkurning universal shakllarini namoyon qilishga undovchi omillar desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Tug‘malik konkret vaziyatlarda ham emotsional, ham kognitiv, ham xulqiy jihatdan ma’lum tarzda reaksiya ko‘rsatishga moyillikka xos. Masalan, ota-ona, sevikli kishi, notanishlar bilan kutilmaganda to‘qnash kelgandagi reaksiya. Yung ta’rifini bergan ko‘plab arxetiplar qatorida ona, bola, qahramon, donishmand, Quyosh ma’budi, makkor, Tangri va o‘lim arxetiplari turadi. Download 37.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling